Sobiq şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevga qaraşli loyihalardan biri bölgan Central Asian University (avvalgi Akfa universiteti) Kuzatuv kengaşiga uning qudasi, sobiq maslahatçi Abdujabbor Abduvohidov rais etib tanlangan. OTM rahbariyati özgargaç avvalgi rektorning faoliyati taftiş qilina boşlangan. Bu Part-time dasturi talabalarining statusiga ham ta’sir qilgan. Yangi va sobiq rahbariyat örtasidagi nizo talabalar taqdirida aks eta boşlagaç vaziyat yanada çigallaşgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentdagi Central Asian University (avvalgi Akfa) universiteti rahbariyati va ikki yillik tayyorgarlik kurslarini tamomlab, birdaniga ikkinçi kursga qabul qilingan talabalar örtasida yuzaga kelgan mojaro videolari tarqaldi.
Şuningdek, nizoli vaziyat borasida Kun.uz'ga universitet talabalari va ularning ota-onalaridan ham şikoyatlar kelib tuşdi.
Ma’lum bölişiça, tuzilgan şartnomaga asosan, maktab öquvçilari bir vaqtning özida Part-time dasturi doirasida Akfa universitetining 1-kursini öqib tugatişi va maktabni bitirişi bilanoq universitetning 2-kursiga qabul qilinişi kerak bölgan.
Ammo 2022-2023 öquv yilida mazkur dasturda öqigan talabalar yangi öquv yilida universitetning 2-kursiga qabul qilinmasligi va 1-kursni qaytadan öqişlari lozimligi aytilgan. Şundan söng ma’muriyat va talabalarning ota-onalari örtasida nizo kelib çiqqan.
Universitet rahbariyatining körsatmasiga asosan, part-time dasturini tamomlab, bu yil 2-kursda öqişni boşlaşi kerak bölgan talabalar ayni kunlarda darslarga qöyilmayapti. Ular bir öquv yili uçun 40 mln söm kontrakt tölagan.
Universitet bu holatni sobiq rektor tomonidan qonunbuzarliklar sodir etilgani va 2-kursga qabul qilingan talabalar öqişni davom ettira olmasligi, çunki bu qonunda közda tutilmagani bilan izohlagan.
Oliy ta’lim muassasasining Kun.uz'ga taqdim etgan ma’lumotida ham yuzaga kelgan holatga universitetning avvalgi rahbariyati aybdor qilib körsatilgan.
«Bundan ikki yil avval Akfa universitetining sobiq rektori – 1990 yilda Toşkent şahrida tuğilgan Bekzod Jalilov tomonidan “Study for the success” MÇJni universitet ta’sisçisidan yaşirin holda, firibgarlik yöli bilan öziga qöşimça mablağ işlaş maqsadida jalb qilgan, amaldagi qonunlarga xilof yöl bilan uşbu MÇJ nomidan ota-onalar bilan şartnomalar tuzgan. Şartnomaga muvofiq, ota-onalarga ularning farzandlari maktabning 10-11-sinflarida öqiş bilan bir vaqtning özida Akfa universitetining 1-kursini öqib tugatişi va maktabni bitirişi bilanoq universitetning 2-kursiga qabul qilinişi MÇJ tomonidan va’da qilingan va ota-onalar uşbu xizmat evaziga MÇJ hisobraqamiga muayyan tölovlarni qilişgan".
















