Özbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, özbek adabiyotşunosligidagi yirik olim Baxtiyor Nazarov 2022 yil 18 yanvarda 77 yoşida vafot etdi.

Baxtiyor Nazarov 1945 yil Toşkentda tuğilgan, 1966 yilda ToşDUni tugatgan. U Özbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib (1969-72; 1979-83), direktor (1986—90), bölim mudiri (1996 yildan), Özbekiston Fanlar akademiyasi Boş ilmiy kotibi örinbosari (1973— 79), vitse-prezident vazifasini bajaruvçi (1999—2000) bölib işlagan.

Şuningdek, Özbekiston prezidenti davlat maslahatçisi (1990—92), oliy va örta maxsus ta’lim vazirining birinçi örinbosari (1992—94), «Özbek tili va adabiyoti» jurnalining boş muharriri (1986-94) bölgan.

Baxtiyor Nazarovning ilmiy işlari 20-asr özbek adabiyoti taraqqiyoti, tanqidçilik va adabiyotşunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqa masalalariga bağişlangan. Tadqiqotlarida Fitrat, Oybek, Ğafur Ğulom, Abdulla Qahhor, Abdulla Oripov mahorati örganilgan. Oybekning 20 jildli Mukammal asarlar töplamini naşrga tayyorlaşda qatnaşgan.

Yangi tipdagi darsliklar (örta maktabning 9-, 11-sinflari uçun «Özbek adabiyoti», oliy maktab uçun «XX asr özbek adabiyoti tarixi»)ning mualliflaridan biri.