1993 yili «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida»gi qonun e'lon qilingan edi. Oradan qariyb 24 yil ötdi, bu orada alifbo bir marta isloh qilindi, unga ötiş muddati bir neça bor çözildi. Xullas, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş masalasi ba'zi sub'yektiv-obektiv sabablarga köra haligaça hal etilgani yöq.

Hozirgi ahvolimiz qanday?

Hozir bizda qöşalifbo tizimi: ham kirill, ham lotin alifbosi teng qöllanmoqda. Biri ikkinçisi bilan raqobat qilmaydi, ziddiyatga bormaydi, ammo heç biri öz örnini boşqasiga böşatib bergisi yöq. Bu yaxşimi? Albatta, yaxşi emas.

Umuman olganda, alifbo almaştiriş biz uçun yangilik emas. Hatto yuqorida tilga olingan qonunda ham «...özbek yozuvining lotin alifbosiga ötilgan 1929–1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kelib çiqib...», degan joyi bor. Faqat amalda bu tajriba kamlik qildi. 1929–1940-yillarda arab yozuvida savodi bölgan aholi va bu yozuvda bitilgan yozma ilmiy-adabiy merosni 1993 yildagisi bilan heç soliştirib bölmasligi hisobga olinmagan ekan. 

Bu safar yönalişni özgartiriş oson keçmayapti. Xuddi yengil avto ulovni töxtatiş bilan katta yuk poyezdini töxtatiş bir narsa bölmaganidek, katta ulovda inersiya uzoqroq davom etadi, xavf yuqori, talafot ham köp böladi. Şunday deymizu, kirill alifbosidan voz keçgan boşqa sobiq ittifoq respublikalariga qaraymiz: turkmanlar, ozarbayjonlar bir pasda ulovni jilovlab, böysundirib, öz yöllariga solib olişdi-ya. Ularda lotin alifbosi kirillçani siqib çiqarganiga ança bölgan. Unda gap nimada? Gap ulovda ketayotganlarda — bizlarda.

Nega şunday ahvoldamiz?

Çöntagingizdan milliy valyutamizni olib köring, ha, özimizning sömni. Undagi yozuvlar qaysi alifboda? Kirillçada! Lotinlaştiriş haqidagi qonun 1993 yili qabul qilindi, sömni esa 1994 yildan buyon işlatib kelayapmiz. Undan keyin ham neça marta yangi kupyuralar muomalaga kiritildi. Yozuvlar yana öşa-öşa — kirill alifbosida. Biz buni sezmaymiz ham. Gazeta-jurnallarning nomi, sarlavhalari lotinçada bölsa, maqolalarning özi kirillçada. Köça nomlari, muassasalar, korxonalar, dökonlar, dorixonalar... xullas, közga köringan peşyozuvlarning hammasida lotin alifbosidan foydalanilgani holda, iş yuritiş kirillçada olib borilmoqda. Ha, biz qonunning ijrosiga darhol kirişmay, köp vaqtni boy berdik. Töğri, qonunda «Lotin yozuvi asosidagi özbek alifbosini joriy etiş bilan birga Özbekiston xalqining milliy iftixori bölmiş bebaho ma'naviy meros bitilgan arab alifbosini va kirillitsani örganiş va ulardan foydalaniş uçun zarur şaroitlar saqlab qolinadi» deyilgan (2-modda). Ammo kirill alifbosi bu «quş huquqi»ni suiiste'mol qilib yuborgandek.