Videoda 20dan ortiq erkak va ayol xodimlar qişki kiyimda, maktab hovlisida kolumbiyalik qöşiqçi Şakiraning Waka-Waka aşulasiga mos ritmik maşqlar qilayotganini köriş mumkin.

Xalq ta’limi vazirining matbuot kotibi Laylo Rustamova maşqlar öqituvçilarga “kayfiyat bağişlayotgani”ni aytib izoh berdi.

“Uşbu videoning qaysi joyida közböyamaçilik kördingiz?

Afsuski, ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim kanallar tomonidan uşbu videoga “Közböyamaçilikning tubi bormi⁉️” deya “ta’rif” berilgan.

Nahotki, inson salomatligi va kayfiyati uçun amalga oşirgan uşbu ritmik badantarbiya maşqi ham biz uçun salbiy taassurot uyğotsa?!

Soğlom turmuş tarzi fasl va joy tanlamaydi. Rivojlangan davlatlarda ham iş kuni mana şunday badantarbiya maşqlari bilan boşlanadi. Bunday kayfiyatda boşlangan kun iş faoliyatida ham özining ijobiy ta’sirini körsatadi.

Maşqlar öqituvçilarga qançalik kayfiyat bağişlayotganini payqaş qiyin emas”, – dedi vazirlik rasmiysi.

Eslatib ötamiz, 2020 yilda soğlom turmuş tarziga oid prezident farmoni qabul qilingan edi. Farmonga asosan, 2021 yil 1 yanvardan boşlab, davlat organlari va taşkilotlarida quyidagilar belgilangan edi:

  • mehnat jamoalarida soğlom turmuş tarzi va ommaviy sportni rivojlantiriş böyiça xodimga “Sport tarğibotçisi” qöşimça vazifasi yuklanib, uning iş haqiga 20 foiz ustama belgilaş;
  • haftada kamida bir marta, iş vaqtidan söng rahbar va barça xodimlarning jismoniy tarbiya va sport maşğulotlari (yuguriş, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suziş va boşqalar) bilan şuğullanişini yölga qöyiş;
  • har şanba soat 14:00 dan keyin xodimlar va ularning oila a’zolari örtasida yuguriş, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suziş va boşqa sport turlari böyiça