Qayd etilişiça, bugun, 26 yanvar kuni tonggi soat 05:00 dan poytaxt aholisi uçun qulay transport vositalaridan biriga aylangan metro belgilangan reja jadvali asosida yölovçilarni doimgidek öz manziliga yetkazişni boşladi.

Özbekistonning qator viloyatlarida 25 yanvar kuni soat 11:00 larda elektr energiyasi ta’minoti uzilgani sabab Toşkent metropoliteni faoliyati vaqtinça töxtagandi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi metro vagonlari içida qolib ketgan fuqarolar olib çiqilganini ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, «Toşkentmetropoliteni»ning «Maşinasozlar» (135 nafar), «Bodomzor-Minor» (70 nafar) va «Amir Temur» (210 nafar) bekatlari oraliğida (vagonlar içida) qolib ketgan jami 415 nafar yölovçi olib çiqilgan.