Özbekistonda 27 yanvar kuni soat 16:00 holatiga köra, respublikadagi barça hududlarda elektr energiyasi ta’minoti töliq tiklandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Ma’lum qilinişiça, ayni paytda mamlakatda Töraqörğon issiqlik elektr stansiyasidan taşqari barça elektr stansiyalarning iş faoliyati tiklangan.

«Şu bilan birga, mamlakatimizda gaz ta’minoti hozirça töliq tiklanmaganini inobatga olgan holda, sizdan sabr-toqatli bölişingizni, elektr energiyasi uzilişlarining oldini oliş uçun ehtiyojdan taşqari elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni söraymiz», — deyiladi xabarda.

Şuningdek, respublika hududlarida tabiiy gaz ta’minoti bilan boğliq holat yuzasidan qöşimça ma’lumot berildi (soat 15:00 holatiga).

Hozirgi paytda iste’molçilarga tabiiy gaz yetkazib beriş böyiça tizimli işlar davom ettirilmoqda. Körilgan çoralar tufayli tabiiy gaz iste’molçilarining 90 foizida ijobiy natijaga erişildi.

Şu bilan birga, quyida gaz bosimi nisbatan past hududlar röyxati keltirilmoqda:

  1. Farğona viloyatida — 43 foiz; 
  2. Andijon viloyatida — 41 foiz;
  3. Namangan viloyatida — 39 foiz; 
  4. Toşkent viloyatida — 1,4 foiz; 
  5. Samarqand viloyatida — 3 foiz;
  6. Toşkent şahrida —7,5 foizni taşkil etmoqda.

Mazkur hudud iste’molçilarining tabiiy gaz bosimini barqarorlaştiriş uçun kerakli işlar olib borilmoqda.