Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetçerlik markazi” davlat muassasasi faoliyatini takomillaştirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, elektr energetikasi tizimida tezkor-dispetçerlik boşqaruvini yanada takomillaştiriş, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini yagona energetika tizimiga samarali integratsiya qiliş hamda Milliy dispetçerlik markazi faoliyatini kuçaytirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar belgilandi.

Qarorga muvofiq, “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan amalga oşirilayotgan milliy, mintaqaviy va hududiy dispetçerlik funksiyalari Milliy dispetçerlik markazi boşqaruviga ötkaziladi.

Şuningdek, energiya balansini real vaqt rejimida rejalaştiriş va prognozlaşning zamonaviy raqamli tizimlari joriy etiladi. “PowerFactory” (DIgSILENT) va “PLEXOS” dasturiy platformalari yordamida elektr energiyasi işlab çiqariş, jumladan, quyoş va şamol elektr stansiyalarining işlab çiqariş hajmlari hamda ularning elektr tarmoğiga ta’siri yanada aniq prognoz qilinadi.

Qaror bilan, şuningdek, dispetçerlik boşqaruvini raqamlaştiriş, ilğor xalqaro tajribani joriy etiş hamda soha mutaxassislarining malakasini oşiriş böyiça ham qator vazifalar belgilandi.