18 iyul kuni Özbekistonda yozgi mavsum uçun sutkalik elektr energiyasi iste’moli 294,4 mln kVt·soatni taşkil etib, yangi rekord qayd etildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, mazkur körsatkiç ötgan yil yozgi mavsumida qayd etilgan eng yuqori natijadan 21,8 mln kVt·soatga yoki 8 foizga, şuningdek, 17 iyuldagi iste’mol hajmidan 1 mln kVt·soatga yoki 0,34 foizga yuqori böldi.
18 iyul kuni yagona energetika tizimining maksimal yuklamasi keçki eng yuqori soatlarda 13,7 GVtga yetgan.
Şuningdek, sutkalik elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi ham 297,1 mln kVt·soatni taşkil etib, yangi rekord örnatildi.
19 iyul kuni yagona energetika tizimining yuklamasi 13,4 GVtga yetdi. Ta’kidlanişiça, bu anomal issiq şaroitida dam oliş kunlarida ham elektr energiyasiga bölgan talab yuqori darajada saqlanib qolayotganini körsatmoqda.












