Energetika vazirligi Özbekistondagi gaz ta’minoti böyiça navbatdagi ma’lumotni taqdim etdi.

Qayd etilişiça, ayni paytda Farğona vodiysiga gaz ta’minotini normallaştiriş böyiça işlar olib borilmoqda. Uşbu işlarni yaqin vaqt içida yakunlaş rejalaştirilgan.

27 yanvar, ertalab soat 09:00 dan boşlab şaharlararo yönalişlar böylab, şuningdek, aksariyat hududlarda gaz quyiş şoxobçalari odatiy iş rejimida işlay boşladi. Hozirda Toşkent, Farğona, Andijon va Namangan viloyatlarida gaz bosimi me’yori pastligi bois uşbu viloyatlardagi gaz quyiş şoxobçalarida vaqtinçalik çeklovlar saqlanib turibdi.

«Avtomobil haydovçilariga uşbu vaziyatni tuşunganliklari uçun minnatdorçilik bildiramiz va iloji bölsa, zarur hollarda muqobil yonilği turi — Ai-80 benzini yoki boşqa markalardan foydalanib turişlarini söraymiz.

Ertaga ertalabdan boşlab respublikadagi barça gaz quyiş şoxobçalari odatiy iş rejimida işlay boşlaydi», — deyiladi vazirlik bayonotida.