Bugun Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi, adabiyotşunos olim, filologiya fanlari doktori, professor, Özbekiston fan arbobi, Özbekiston davlat mukofoti laureati, “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi Umarali Normatov 91 yoşida vafot etdi.

Umarali Normatov 1931 yilning 3 yanvar sanasida Farğona viloyati Beşariq tumani Rapqon qişloğida tuğilgan. Toşkent universitetining (hozirgi ÖzMU) filologiya fakultetini tugatgan. 1952–2010 yillar davomida Özbekiston Milliy universiteti özbek filologiyasi fakultetida işlagan. U iş faoliyatini öqituvçilikdan boşlab, 1976 yildan 2000 yilgaça Özbek adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimida samarali iş olib bordi. 2011 yilgaça mazkur fakultetning professori sifatida talabalarga saboq beriş bilan birga köplab ilmiy-tadqiqot işlariga rahbarlik qildi.

Olim zamonaviy özbek adabiyoti, xususan, özbek romançiligi masalalari böyiça yetuk mutaxassis sifatida tanilgan. Filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatovni nafaqat mamlakat, balki Markaziy Osiyo davlatlari filologik yönalişidagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari ham murabbiy, taniqli adabiyotşunos olim sifatida e’tirof etgan.

Umarali Normatovning şu kungaça 500 dan ortiq maqolasi, 50 ga yaqin adabiy-tanqidiy asari, darslik, öquv qöllanmalari çop etildi. Adabiyotşunos olimning adabiy-tanqidiy işlari yaxlit holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi özbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalariga bağişlangan bölib, uning qalamiga mansub milliy adabiyotimizning nodir asarlari tahlili, yangi özbek adabiyotning öziga xos xususiyatlari, taraqqiyot tamoyillariga oid ilmiy-nazariy işlari adabiy jamoatçilik tomonidan e’tirof etilgan. 

“Munaqqidning “Nasrimiz ufqlari” (1974), “Yetuklik” (1982), “Qalb inqilobi” (1986), “Qodiriy boği” (1996) kitoblari zamonaviy özbek adabiyotşunosligining katta yutuği hisoblanadi. Uning “Umidbaxş tamoyillar”, “Tafakkur yoğdusi”, “Qahhorni anglaş maşaqqati”, “Köngillarga köçgan şe’riyat”, “Ustoz ibrati”, “Ijod sehri” kabi kitoblari, matbuotda e’lon qilingan yuzlab adabiy-tanqidiy maqolalarida istiqlol davridagi adabiy jarayonlar sinçkov olim nuqtai nazari bilan yoritib berildi. 

Ayniqsa, 2019 yilda Özbekiston Qahramoni, taniqli adabiyotşunos olim Ozod Şarafiddinov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan naşr etilgan “Yarim asr porlagan mayoq” kitobi, şuningdek, olimning 2021 yili Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan çop etilgan “Tanlangan asarlar”i  adabiy jamoatçilik tomonidan iliq kutib olindi”, deyiladi Yozuvçilar uyuşmasi xabarida.

Umarali Normatov 1981 yilda “Özbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan, 1989 yilda Özbekiston Respublikasi davlat mukofoti laureati bölgan, 2011 yilda “Mehnat şuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.