Jizzax şahrida 5 tup daraxt noma’lum şaxslar tomonidan kesib ketilgan. Viloyat Ekologiya boşqarmasining xabar berişiça, holat yuzasidan qonunbuzarlarni topiş uçun IIBga xat çiqarilgan.

Ma’lum qilinişiça, Jizzax şahrining Jizzaxlik mahallasi, X.Nosirov köçasi, 7-uyda yaşovçi bir guruh fuqarolar 2022 yil 30 yanvar kuni uşbu hududda noma’lum kişilar tomonidan daraxtlar kesilayotgani yuzasidan viloyat Ekologiya boşqarmasiga murojaat qilgan.

Murojaat nazoratga olingan va Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi Nazorat inspeksiyasi xodimlari hamda Jizzax şahri, Jizzaxlik mahallasi profilaktika inspektorlari va murojaatçi fuqarolar tomonidan holat joyiga borib örganilgan.

Örganiş davomida X.Nosirov köçasida joylaşgan 7-uyning orqa tarafida obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş maqsadida ekilgan, hozirgi kunda ösişdan töxtamagan, jami 5 tup, şundan 3 tup qayrağoç, 1 tup akatsiya va 1 tup tut daraxti ikki nafar noma’lum şaxs tomonidan tag qismidan kesilgani, oqibatda 1 tup akatsiya daraxti qulagani, qonunbuzarlar voqea joyidan qoçib ketgani aniqlangan.

Uşbu holatda “Ösimlik dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida”gi Qonunning 4, 37, 49-moddalari talabi buzilgan.

Amaldagi qonunçilikka köra, suriştiruv işlari olib boriş vakolati Ekologiya organlariga berilmagani sababli huquqbuzarlarni aniqlaş hamda yuqoridagi qonun va farmonlar ijrosini ta’minlaş maqsadida viloyat Ekologiya boşqarmasi Jizzax şahar bölimi tomonidan Jizzax şahar IIBga xat çiqarilgan. Hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari boşlab yuborilgan.

Ma’lumot uçun, Prezidentning 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada kökalamzorlaştiriş işlarini jadallaştiriş, daraxtlar muhofazasini yanada samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-46-son Farmoniga muvofiq, Davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlari kesilişiga moratoriy amal qilişi muddatsiz davrga uzaytirilgan.