Asaka tumanidagi maktab direktorlaridan biri özi rahbarlik qilayotgan muassasaga işga oliş evaziga 300 AQŞ dollari olayotganda qölga olingan. Bu xabarni Kun.uz'ning bir neçta manbasi tasdiqladi.

Mazkur holat 4 fevral kuni sodir bölgan. Tumandagi maktablardan birining rahbari bölib işlayotgan N.U. fuqarodan mavsumiy öt yoquvçi qilib işga oliş evaziga oldindan kelişgan 300 AQŞ dollarini olgan paytda qölga olingan.

Uşbu ta’lim muassasasining oldingi rahbari ham işga joylaş evaziga pora olayotganda qölga olingan va javobgarlikka tortilgan edi.

Avvalroq, Asaka tumani hokimligi mas’uli 8 ming dollar pora bilan qölga olingan edi.