Ma’lum qilinişiça, Ğ.Yoqubov massivi raisi N.S. fuqaro A.A.dan uning nomiga mazkur massivda joylaşgan «Oqböyra agro» fermer xöjaligi yer maydonidan 30 sotix yer maydonini «Issiqxona» quriş uçun qişloq xöjaligi elektron xaritasini yaratib beriş, keyinçalik uşbu yer maydonini kadastr hujjatlarini rasmiylaştirib beriş evaziga 15.000 (ön beş ming) AQŞ dollari talab qilgan.

1 fevral kuni fuqaro A.A.ning arizasiga asosan ötkazilgan tezkor tadbirda mansabdor şaxs talab qilgan poraning 8 ming dollarini «Asaka dehqon bozori» MÇJ avtoturargohida özining avtomaşinasida olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning ma’lum qilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.