2013 yil 28 noyabrda Litva poytaxti Vilnyusda Ukraina va Yevropa Ittifoqi örtasida özaro integratsiya haqidagi kelişuv imzolanişi kerak edi. Ukraina prezidenti Viktor Yanukoviç barçani ajablantirgan holda öşa şartnomani imzolamadi. Bu esa Yevropa Ittifoqiga vizasiz kirişni umid qilib yurgan ukrainaliklarning sabr kosasini töldirdi.
Şu tariqa «Maydan» voqealari boşlanib ketdi, Yanukoviç Rossiyaga qoçdi. Kiyevdagi markaziy maydonni namoyişçilar töldirdi va ular Yevropa Ittifoqi bilan integratsiya kelişuvi imzolaş lozimligini talab qila boşladi. Ukraina Rossiyaga orqa ögirdi va bu davlat tepasiga Yevropa Ittifoqi bilan yaqin munosabatlar örnatişni va’da qilgan odamlar kelişdi.

Rossiya esa Ukraina öz ta’sir doirasidan çiqib ketayotganini hazm qila olmay, mamlakat şarqida yaşovçi ruslarni qurollantirdi. Kamiga u yerga köp sonli harbiylarini jönatdi. Oqibatda qurolli mojaro yuzaga keldi.
Hodisalar davomida Qrim Rossiyaga qöşib olindi. Ukraina va Ğarb olami buni bosqin deb hisobladi. Ukraina şarqidagi Donetsk va Lugansk oblastlarining bir qismi Rossiya ta’sir doirasiga ötib, Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi nomlari bilan özini mustaqil deb e’lon qildi. Öşandan buyon ikki davlat örtasidagi keskinlik davom etyapti va hanuz uruş xavfi saqlanib turibdi.
Agar ruslar va ukrainlar örtasidagi keskinlik tarixiga nazar taşlansa, örta asrlarda ular örtasida jiddiy kelişmovçilik bölmagan. Ukrainlar uçun polyak panlari yoki Usmoniylar imperiyasi qöl ostida yaşaşdan köra özlariga yaqin ruslar panohida yaşaş afzalroq bölgan bölişi mumkin.
Örta asrlardan 1991 yil SSSR tarqab ketgungaça ukrainlar ruslar mustamlakasi bölgan, Çor Rossiyasi va sovetlarga qarşi çiqa olmagan. Boşqa tomondan, ukrainlarga yaqin qarindoşlari bölgan ruslarga qarşi çiqişning keragi ham bölmagan.
1939 yildan munosabatlar özgara boşlagan. Öşanda Hitler Germaniyasi bilan ittifoqçilik şartnomasini imzolagan SSSR harbiylari faşistlar bilan birga Polşa, Çexoslovakiya kabi Şarqiy Yevropada joylaşgan davlatlarga bostirib kiradi. Molotov – Ribbentrop paktiga köra yuqoridagi davlatlar hududining ma’lum bir qismi SSSR tarkibiga ötadi.
Ğarbiy Ukraina va Bandera
1939–40 yillarda SSSR Ğarbiy Ukrainaning bir qismini Çexoslovakiyadan, yana bir qismini Polşa, Ruminiya va Vengriyadan tortib olar ekan, eng avvalo öşa hududlarda tozalaş işlarini olib boradi. 1928–32 yillarda SSSRda amalga oşirilgan kollektivlaştiriş işlari Ğarbiy Ukrainada ham boşlanadi. Sovetlar eng avval boylarning mol-mulkini tortib oladi. Söng kolxozlar taşkil etilib, örtahollardan çorvalarini davlatga topşiriş talab qilinadi. Asrlar davomida Yevropa xalqlari bilan sotsialistlar «kapitalizm» deb atagan normal jamiyatda yaşagan ğarbdagi ukrainlarga sovetlarning bu siyosati töğri kelmaydi.
Şundan söng, ğarbiy ukrainlar otryadlar taşkil etib, sovet hukumatiga qarşi partizanlik uruşi boşlab yuboradi. Stepan Bandera ularga boşçilik qiladi. Partizanlarning maqsadi Ğarbiy Ukrainani sovetlar çangalidan ozod qiliş edi.

Rossiya propagandaçilari Banderani faşistlar bilan hamkorlik qilganlikda ayblaydi va unga ergaşgan ukrainlarni faşistlar deb ataydi. Ammo tarixni har doim ğoliblar özi xohlaganday yozişini unutmaslik kerak. Bandera va uning tarafdorlarini faşist bilan hamkorlikda ayblagan ruslar SSSRning özi ham 1941 yil 22 iyungaça faşistlar Germaniyasi bilan ittifoqdoş bölgani va 1939–40 yillarda Şarqiy Yevropani faşistlar bilan birgalikda bosib olgani haqida lom-mim deyişmaydi.
Şu örinda birgina misol: 1939 yil hitlerçilar Germaniyasi va SSSR Polşani birgalikda bosib olgaç, Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniyaga qarşi uruş e’lon qiladi. SSSR esa aynan şu vaqtda polyaklarga tegişli bölgan va sovetlar tomonidan bosib olingan Brest qal’asida (hozirda Belarus tarkibida) faşistlar armiyasi bilan birgalikda harbiy parad ötkazadi.
Şu örinda yana bir mulohaza. SSSR tarkibidan çiqiş harakati eng birinçi Boltiqböyi respublikalarida boşlangandi. SSSR ularni ham 1940 yilda bosib olgan. 1941–1945 yillar barça uruş bilan ovora böldi va SSSR Boltiqböyi respublikalariga tom ma’noda 1945 yildan hukmronlik qila boşladi.
Latişlar, litvaliklar va estonlar sovet davlati tarkibida amalda 45 yil yaşadi va bu davlatning ğayriinsoniy qonunlari, mafkurasini umuman qabul qila olişmadi. Ğarbiy Ukraina haqida ham şunday deyiş mumkin. Bu ölka ham sovetlar qöl ostida şunça yil yaşadi.
SSSR 1939 yildan boşlab Ğarbiy Ukrainani tozalaş vaqtida köpçilikni öldirgan, surgun qilgan. 1944 yil uruş SSSR çegaralaridan çiqqanidan söng, sovetlar Ğarbiy Ukrainada yana tozalaş işlari olib borişadi. Endi begunoh odamlar Bandera bilan hamkorlik qilganlikda ayblanadi. Öşanda Ğarbiy Ukrainada köplab oilalar jazolanadi. Bugun Ukrainada Rossiyani yomon körayotganlarning aksariyati öşa jabrdiydalarning avlodlari hisoblanadi.
Uruşdan keyin Ğarbiy Ukrainada sovet tuzumi örnatilgan bölsa-da, u yerda yaşovçi ukrainlarning ruslar va SSSRga qarşi nafrati sönmagan edi. Bundan taşqari, ğarbiy ukrainaliklar ozodlik yölida özlariga boşçilik qilgan Stepan Banderani unutmagandi.
Şu sababli SSSR nima qilib bölsa ham uruşdan söng Ğarbiy Germaniyada yaşab qolgan Banderani yöq qilişga urinadi. U sovet josuslari tomonidan öziga suiqasd uyuştirişlari mumkinligi uçun familiyasini özgartirgan. Lekin KGB agenti Bogdan Staşinskiy 1959 yil 15 oktyabr kuni Banderani Myunxenda öldirib ketadi.
SSSRda Stepan Bandera barçaga faşistlar bilan hamkorlik qilgan deb öqitilgan. Ukraina mustaqil bölgaç, Bandera milliy qahramon deb e’lon qilindi, joylarga uning nomi berildi. Ana şu işlar Ukrainada yaşovçi aksariyat ruslarning ğaşiga tega boşladi va jamiyatda qisman böliniş sodir böldi.
Ğarbiy Ukraina tarixi
Ğarbiy Ukraina tarixda uzoq yillar Avstriya–Vengriya imperiyasining bir qismi hisoblangan Vengriya qirolligi tarkibida bölgan. Karpat toğlari ortida joylaşgan bu hududga ukrainlar, Ukraina Rossiya imperiyasi tarkibida bölgan paytda, krepostnoylik hukm surgan davrlarda köçib ötgan. Rossiya imperiyasi askarlari qalin örmon bilan qoplangan Karpat toğlarini oşib bu hududga kira olmagan. Şu sabab ular köp asrlar mobaynida Vengriya qirolligi tarkibida yaşaydi. XX asr boşlarida bu ölkada asosan ukrainlar, ozroq mojarlar, yahudiylar va polyaklar istiqomat qilgan.
Birinçi jahon uruşida Germaniya mağlub bölgaç, uning tarafida turib urişgan Avstriya-Vengriya imperiyasi parçalanib ketadi. Uning tarkibida bölgan çexlar va slovaklar Çexoslovakiya davlatiga birlaşadi. Vengriya, Serbiya va Ruminiya mustaqil davlatlarga aylanadi.
Uruşdan keyin taşkil etilgan Millatlar Ligasi Ğarbiy Ukrainaning asosiy qismini Vengriya tarkibidan çiqarib, til jihatdan yaqin bölgan Çexoslovakiya tarkibiga kiritadi. Şu tariqa, SSSR Şarqiy Yevropani bosib olgunça Ğarbiy Ukrainaning asosiy qismi «Podkarpat muxtor ölkasi» nomi bilan Çexoslovakiya tarkibida, yana bir qismi esa Polşa, Vengriya va Ruminiya qöl ostida edi.
Ikkinçi jahon uruşidan oldingi vaziyat
Birinçi jahon uruşi tufayli dunyoning eng yirik tört imperiyasi: Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya va Usmoniylar davlati parçalanib ketadi. 1917 yilda Rossiyada davlat töntarişi amalga oşiriladi va hokimiyat tepasiga bolşeviklar keladi. Ular Germaniya bilan sulh tuzib, uruşdan çiqadi.
Şundan söng, Rossiya imperiyasi tarkibida bölgan turli hududlar öz mustaqilligini e’lon qila boşlaydi. Şu jumladan, Ukraina ham. Oradan biroz ötib Germaniyaning ittifoqçisi bölgan Avstriya-Vengriya imperiyasi ham parçalanadi. Uning tarkibida bölgan Ğarbiy Ukraina bilan Rossiya tarkibidagi Ukrainani birlaştirib, yaxlit davlat tuziş uçun harakatlar boşlanadi.
Ammo bolşeviklar bunga imkon bermaydi va tezda Şarqiy Ukraina hududida sovetlar hukumati örnatiladi. Ğarbiy Ukraina esa Çexoslovakiya va Polşa tarkibida qoladi.
Ğarbiy Ukraina SSSR davrida
1939–40 yillarda SSSR Germaniya bilan birga Polşa, Vengriya, Ruminiya va Çexoslovakiyaga bostirib kirib, Ğarbiy Ukrainani egallab olar ekan, odamlarning qattiq qarşiligiga duç keladi. Ğarbiy Ukraina aholisi SSSRning boylarni yöqotiş va kolxoz tuzib, hammani bir xil qiliş yölidagi ayovsiz siyosatini hazm qila olmay, sovetlarga jiddiy qarşilik körsatadi.
SSSR esa uruşdan avval va asosan uruşdan keyin zörlik bilan bu yerda yaşaydigan aholining katta qismini qatağon qilib, Ğarbiy Ukrainada sovet hukumatini örnatadi.
Ğarbiy Ukraina aholisi öşa paytda bu yerda amalga oşirilgan qirğinlar va zöravonliklarga köz yumib keta olmadi. Sovetlar davrida Ğarbiy Ukrainadan çiqqan ukrain SSSRning qay burçagida yaşamasin, qayerda işlamasin, ruslarga bölgan nafratini yaşirmagan.
Taniqli yozuvçi Tohir Malik özining «Pörtanali ummonda suzar hayot qayiği» asarida armiyada xizmat qilgan davrida Ğarbiy Ukrainadan kelgan yigitlar rus yigitlariga nisbatan bölgan nafratini yaşirmaganini yozadi.
«SSSR Germaniyaga ittifoqdoş ölaroq Ğarbiy Ukrainaning bir qismini Çexoslovakiyadan, yana bir qismini Polşadan bosib oliş yöli bilan tortib olib, u yerda kommunistik rejim örnata boşlaganda, öziga qattiq qarşilik körsatgan, öz yurtini sovetlardan himoya qilgan ğarbiy ukrainalik qasoskor Bandera bilan birga uning izdoşlarini uruşdan oldin va uruşdan keyin göyo batamom qirib bitirgan edi. Töğri, Bandera va uning minglab izdoşlari qamalgan, otilgan, lekin uning ğoyasi tirik edi. Men buni harbiy xizmatdaligimda sezganman. Tarix darslarida 1939 yilda SSSRning Ğarbiy Ukraina va Ğarbiy Belarusga harbiy yurişlari şu xalqlarning iltimosiga köra amalga oşirilgan deb öqitilardi. Ukrain xalqining ozodlik yölidagi yölboşçisi Banderani esa xoin deb öqitişgan.
Harbiy xizmatdaligimda karpatlik (ğarbiy ukrainalik) yigitlar bilan döstlaşdim. Ularning fe’li, milliy ğururi kavkazlik yigitlarnikiday edi. Ular harbiy qismda Şarqiy Ukrainaning turli şaharlaridan bölgan ukrainlarni yoki rus bilan aralaşgan ukrainlarni özlariga millatdoş hisoblamas edilar. Ular ruslar bilan oçiq ziddiyatga bormasalar ham, «istiloçi» deb ulardan nafratlanar va bu nafratlarini köpinça bekitmay oşkora ifodalar edilar. Ularning dovyurakligi va keskinligi tufayli ruslar ulardan hayiqibroq yurişar edi», deb yozgan Tohir Malik öz asarida.
Şuningdek, yozuvçi keyinçalik Ukrainaga borganida Ğarbiy Ukrainadan çiqqan ukrainlarning ruslarga nisbatan bölgan nafratlariga duç kelganini yozgan.
«1971 yilda çarm töp musobaqasi bahonasida bekobodlik yoş futbolçilar bilan birga Donetsk şahriga borgan edim. Musobaqaning tantanali oçiliş marosimidan keyin Donetskning «Şaxtyor» jamoasi va Moskvaning «Spartak» jamoasi öynadi. Stadion tomoşabinlarga liq töla. Bir tarafda tomoşabinlar «Davi xoxlov!» (xoxollarni yançib taşla) deb qiçqirsa, ikkinçi tarafda boşqa bir guruh «Davi katsapov!» (katsaplarni yançib taşla) deb baralla qiçqirar edi. Har ikki hayqiriqda millatçilik ufurib turgan bölsa-da, ularga heç kim indamaydi. U paytlarda stadionda muştlaşib ketiş holatlari umuman uçramas edi. Agar bu baqiriqlar hozir yangrasa, katta janjal boşlanişi aniq.
Men nima uçun ruslarni «katsap», ukrainlarni «xoxol» deb ataşlarini bilmasdim. Lekin taxmin qilib bu sözlarda kamsitiş borligini sezar edim. Uyga qaytgaç, bu sözlarning ma’nosi bilan qiziqdim. Sezgim aldamagan ekan. Qadimda Ukrainada yaşovçilar «maloros» (kiçik Rossiya) deb atalgan, Rossiyadagilar esa «velikoros» (buyuk Rossiya) deb atalgan. Ukrainada Donetsk va Lugansk oblastlari özini mustaqil deb e’lon qilgaç, Rossiya matbuotida «Malorossiya» atamasi yana qöllana boşlandi.
Velikoroslar istiloçi sifatida azaldan doim maloroslarga zulm ötkazib kelişgan. «Katsap» atamasi öşa zamonlarda tarqalgan. Sözma-söz tarjima qilganda, luğaviy ma’nosi «moskvalik harbiy odam» degani, ammo ukrain xalqi bu sözni «layça» ma’nosida qöllagan. «Xoxol» atamasida kamsitiş kamroq. Bu sözning ma’nosi Zaparojye kazaklarining kokil qöyib yurişidan kelib çiqqan. «Xoxol» sözi öşa kokilga işora sifatida qöllangan. «Katsap», «xoxol» sözlari qanday ma’no anglatsa ham baribir kamsitiş ma’nolarida qöllangan. Şu uçun ham öşanda stadionda har ikki taraf muxlislari bu sözlarni bir-birlariga qarşi işlatişar edi», deb yozadi adib.
Şu tariqa, sovetlar tomonidan Ğarbiy Ukrainada 1939–40 yillarda va uruşdan keyin uyuştirilgan qatağonlar bu yerda yaşovçilar qalbida çuqur oğriq qoldiradi va u hanuz saqlanib qolmoqda.

SSSR tarqab ketgandan söng Rossiya – Ukraina munosabatlari
SSSR tarqab ketgaç, Rossiya ayrim sobiq sovet respublikalarida qolgan yadro qurollarini qaytarib oliş uçun harakat boşladi. Yadro qurollarining ança qismi Ukrainada edi. Ukraina avvaliga öz xavfsizligini ta’minlaş uçun ularni Rossiyaga qaytarib bermaydi. Bunda Ukraina rasmiylari Rossiyaning talabini rad etmaydi, şunçaki bu masalani körib çiqişni ortga suraverişadi.
Ukrainada öşa paytlardayoq Rossiya kelajakda hududiy mojarolar keltirib çiqarişi mumkinligini anglaşardi. Şu sababli ularga kafolat kerak edi. Tabiiyki, Rossiyaning kafolatiga boşdanoq işonişmagani sabab ukrainaliklarga xalqaro kafolat kerak edi.
1994 yil 5 dekabr kuni Vengriya poytaxti Budapeşt şahrida AQŞ prezidenti Bill Klinton, Buyuk Britaniya boş vaziri Jon Meyjor, Rossiya prezidenti Boris Yelsin va Ukraina prezidenti Leonid Kuçma iştirokida xalqaro memorandum imzolanadi. Memorandumda Ukraina sobiq ittifoqdan qolgan yadro qurollarini Rossiyaga qaytarişi evaziga Rossiya heç qaçon Ukraina hududiy yaxlitligiga daxl qilmasligi belgilangan.
Şundan söng, Ukrainadagi barça yadro qurollari Rossiyaga olib çiqib ketiladi. 2014 yilda Rossiya Qrimni egallab olib, Ukraina şarqidagi rus ayirmaçilariga harbiy yordam körsatişi ortidan aksariyat ekspertlar Putin 1994 yilgi kelişuv şartlarini buzganini aytib çiqişdi. Boşqalar esa öşanda Ukraina öz hududidagi yadro qurollarini Rossiyaga topşirişi öz xavfsizligini zaiflaştirganini ta’kidlaydi. Ammo Rossiya bu ayblovlarni rad etadi.
Rossiya – Ukraina mojarolari
SSSR tarqalişi arafasida Ukrainaning iqtisodiy holati, yalpi içki mahsulot hajmi Şarqiy Yevropadagi qöşnilari Polşa, Vengriya, Ruminiya kabi davlatlarnikidan oşiq edi. Oradan ötgan 30 yilda Ukraina iqtisodiyoti Rossiyaga boğlanib qolib, faqat ortga ketdi. Şuningdek, iqtisodiy körsatkiçlar pasayişi ortidan aholi soni ham sezilarli kamaydi.
Şarqiy Yevropa davlatlari esa Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan özaro hamkorlikni kengaytiriş ortidan rivojlanib ketdi. Ana şunday holatda oddiy ukrainaliklar Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz aloqalar örnatilişini xohlardi. Yevropa Ittifoqi esa qisman Rossiya ta’siri ostida bölgan Ukrainaga bunday imkoniyatni bermay kelayotgandi.
Nihoyat, 2013 yilga kelib Viktor Yanukoviç prezidentligi davrida Yevropa Ittifoqi bilan özaro integratsiya bitimini imzolaş imkoniyati paydo böldi. Bitimga köra, ukrainaliklarga Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga vizasiz kira oliş imkoniyati ham taqdim etilişi közda tutilgandi.

2013 yil 28 noyabr kuni Viktor Yanukoviç Vilnyus sammitida Yevropa Ittifoqining Şarqiy hamkorlik doirasida Ukraina bilan integratsiya haqidagi kelişuvini imzolamaydi. Uning bu işi öşanda barçani hayron qoldiradi, axir Yanukoviç Vilnyusga aynan şu kelişuvni imzolaş uçungina borgandi. Öşanda unga kelişuvni imzolaşni Putin taqiqlagani haqida gaplar ham tarqaldi.
Şundan söng, Yevropa Ittifoqiga vizasiz kirişni orzu qilib turgan ukrainaliklarning umidi puçga çiqib, Yanukoviç Ukrainaga qaytmasidanoq Kiyevda namoyişlar boşlanib ketadi. Tarixda «Maydan» nomi bilan atalgan mazkur namoyişlar Yanukoviçning qoçişi, Rossiya tomonidan Qrim egallab olinişi va Ukraina şarqidagi ruslarning ayirmaçilik harakatlari boşlanişiga sabab böldi.

Öşa voqealardan buyon oradan 8 yil vaqt ötdi va Rossiya hamda Ukraina örtasidagi munosabatlar hanuz keskinligiça qolyapti. 2014 yilda paydo bölgan Lugansk xalq respublikasi va Donetsk xalq respublikasi aholisiga Rossiya pasporti berilmoqda. Bundan taşqari, Rossiya har ikki tan olinmagan respublikaga moliyaviy va harbiy yordam körsatib, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaydi.
Yanukoviç qoçib ketganidan söng Ukrainada Petr Poroşenko bir muddat prezidentlik qildi. 2019 yil 20 mayda kutilmaganda komik aktyor Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidentiga aylandi. Rossiya bilan munosabatlar aynan Zelenskiy davrida keskinlaşdi. Bugun Ukraina çegarasi böylab Rossiya armiyasining 100 ming askari joylaştirilgani aytilmoqda. NATO va Ğarb davlatlari Ukrainaga harbiy yordam yuborişni boşlab yuborgan. Bir söz bilan aytganda, ikki mamlakat örtasida uruş xavfi tobora oşib boryapti...
Ğayrat Yöldoş tayyorladi.













