The Guardian naşri Ğarb rasmiylariga tayanib xabar berişiça, Rossiya Ukrainadagi uruşda har oyda armiya safiga jalb qilayotganidan bir neça ming nafar köproq harbiyni yöqotmoqda.

Maʼlumotlarga köra, Rossiya hukumati hozirda kuniga örtaça 1000 nafar yangi harbiyni jalb qilmoqda. Biroq sönggi ikki oy davomida hatto bunday surʼat ham frontda halok bölgan va yaralangan harbiylar örnini töliq qoplaş uçun yetarli bölmagan.

«Bizning hisob-kitoblarimizga köra, Rossiyaning janglar natijasida yöqotayotgan harbiylari bilan jalb qilişga muvaffaq bölayotgan odamlari örtasidagi farq hozirda oyiga taxminan 6 ming nafarni taşkil etmoqda», - degan naşr bilan suhbatlaşgan Ğarb rasmiylaridan biri.

Manbaga köra, Rossiyaning yangi harbiylarni jalb qiliş hisobiga frontdagi katta yöqotişlarni qoplaş imkoniyati çeklangan. Ğarb rasmiylari bu holatni Moskva sönggi vaqtlarda Ukraina infratuzilmasiga havo zarbalarini kuçaytirganini izohlovçi omillardan biri sifatida körmoqda.

The Guardian keltirgan maʼlumotlarga köra, iyul oyi boşidan buyon Rossiya armiyasi Ukrainaga 360 dan ortiq raketa uçirgan. Naşr bu jarayonda Kiyevning ballistik raketalarga qarşi mudofaa vositalari yetişmasligi ham muhim omil bölayotganini qayd etgan.

Ğarb rasmiylaridan birining fikriça, Rossiya qiş mavsumida Ukraina energetika infratuzilmasiga zarbalar beriş orqali mamlakat aholisi va jamiyatining ruhiy barqarorligiga bosim ötkazişga urinişi mumkin.

Yangi safarbarlik Rossiya uçun xavf tuğdirişi mumkin

Şu bilan birga, Ğarb rasmiylari Rossiyada yangi keng kölamli safarbarlik eʼlon qilinişi ehtimoli siyosiy va iqtisodiy jihatdan jiddiy tavakkalçiliklarni keltirib çiqarişi mumkinligini taʼkidlamoqda.

Bunda 2022-yil kuzida Rossiyada qisman safarbarlik eʼlon qilinganidan keyin mamlakatni köplab fuqarolar tark etgani eslatilgan. The Guardian keltirgan bahoga köra, öşa davrda Rossiyadan qariyb bir million kişi çiqib ketgan va ular orasida yuqori malakali mutaxassislar ham köp bölgan.

Bundan taşqari, yangi safarbarlik eʼlon qilingan taqdirda Rossiya armiyasi bir neça yuz ming nafar yangi harbiyni qisqa vaqt içida qabul qiliş, tayyorlaş va zarur jihozlar bilan taʼminlaş imkoniyatiga egami, degan savol ham oçiq qolmoqda.