30-avgustga ötar keçasi Ukraina dronlari Rossiyaning Leningrad viloyatiga hujum qildi. Mintaqa gubernatori Aleksandr Drozdenko hujum davomida 62 ta dron urib tuşirilganini maʼlum qildi. Gubernator Kirişi şahri sanoat zonasida «yonğin qayd etilgani» bildirdi. Lekin, boşqa tafsilotlarni keltirmadi.

Astra naşri guvohlarga tayanib yozişiça, yonğin taxminan Kirişidagi «Kirişinefteorgsintez» neftni qayta işlaş zavodida sodir bölgan. Bu Rossiyaning Yevropa qismida şu turdagi eng yirik zavod hisoblanadi. Zavodga qilingan hujum haqidagi maʼlumotlar rasman tasdiqlanmadi.

Leningraddagi uşbu neftni qayta işlaş zavodi Rossiya-Ukraina uruşi davomida bir neça bor dronlar hujumiga uçragan. Naşrning yozişiça, 2026-yil may oyi boşida «Kirişinefteorgsintez» öz işini töxtatgan edi.

Şuningdek, uruşni yorituvçi kanallar şahardagi köp qavatli uyning yuqori qavatlarida yuz bergan portlaş aks etgan videoni eʼlon qildi. Videoda havo hujumidan mudofaa tizimi işlagani eşitiladi. Video Kirişi şahrida suratga olingani aytilmoqda, jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.

Keyinroq gubernator Drozdenko sanoat zonasiga qilingan dronlar hujumini qaytariş oqibatida bir neçta turar-joy binolari şikastlangani haqida xabar berdi.

Qulagan dronlar «Pribrejniy» boği va maktab yonidagi hududdan ham topilgan. Drozdenkoning sözlariga köra, sanoat zonasi hududidagi yonğin ham bartaraf etilgan.

Rossiya harbiylari tun davomida 15 mintaqada, Azov va Qora dengiz akvatoriyalari ustida Ukrainaning 494 ta droni tutib olgani va yöq qilinganini maʼlum qildi.

Rossiya ommaviy zarbalarga tayyorlanmoqda

30-avgust kuni Rossiya Mudofaa vazirligi «olingan körsatmalarga muvofiq» Ukrainaning energetika obyektlariga yoppasiga zarbalar berişga tayyorgarlik körişni boşlaganini eʼlon qildi