Kun.uz manbasiga köra, prokuratura tomonidan ötkazilgan tekşiruvlar davomida şahar xalq ta’limi bölimidan 57 milliard söm atrofida kamomad çiqqani aniqlangan. Holat böyiça jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sobiq mudir Sunbula Eraliyevaga ehtiyot çorasi sifatida qamoq çorasi qöllangani aytilmoqda. Manbaga köra, tergovga tortilayotgan şaxslar soni 40 nafarga yaqin. Ular orasida Sunbula Eraliyevadan keyin uning örniga tayinlangan Nuriddin Nazarov ham borligi, unga ham qamoq ehtiyot çorasi qöllangani ma’lum qilindi.
Boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Andijon şahar xalq ta’limi bölimi mansabdor şaxslariga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotganini tasdiqladi va tergov tafsilotlari keyinroq oçiqlanişini ma’lum qildi.
Viloyat hokimligi tizimidagi taşkilotlardan birida işlovçi Kun.uz manbasining aytişiça, viloyatga Sirojiddin Eşquvvatov prokuror etib tayinlanganidan söng budjet taşkilotlarida korrupsiya holatlariga oid köplab tergov işlari olib borilmoqda.
- Ma’lumot uçun, Andijon şahar xalq ta’limi boşqarmasi tasarrufidagi 41-maktab direktori öqituvçini ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça direktori örinbosari vazifasiga tayinlaş uçun 500 AQŞ dollari va 2 mln sömni pora sifatida olayotganda uşlangandi.
- Avvalroq, Asaka tumanidagi 4-maktab direktori “U.M.”ni maktabning qozonxonasiga kömir yoquvçi vazifasiga işga qabul qiliş uçun undan pora talab qilgani haqida xabar berilgandi.









