Qayd etilişiça, 13 fevraldan aviataşuvçi Urgançga, 14 fevraldan esa Samarqandga parvozlarni boşlaydi. Bu Kolsovo aeroportidan birinçi muntazam xalqaro reyslar böladi, deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida.
 
Parvozlar 100 örinli Sukhoi Superjet samolyotlarida amalga oşiriladi. Samolyotlar duşanba kuni Samarqandga, yakşanba kuni esa Urgançga uçadi. 

«2021 yildan beri Red Wings Yekaterinburgdan Özbekistonning yirik şaharlariga parvozlarni yölga qöygan, biroq bu charter reyslar bölib, örindiqlarni erkin sotmasdan bir mijoz manfaatlarini közlab amalga oşiriladi», — deyiladi kompaniya xabarida.

Qöşimça qilinişiça, bu charter dasturi muntazam reyslarni amalga oşiriş bilan parallel ravişda davom etadi. 

Avvalroq, 2022 yilda Red Wings Yekaterinburgdan Boku (Ozarboyjon), Yerevan (Armaniston), Olmaota, Nur-Sulton (Qozoğiston) va Belgrad (Serbiya)ga xalqaro reyslarni yölga qöyişi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Umuman olganda, joriy yilda aviakompaniya 30 ta xalqaro va mintaqaviy yönalişlarga parvozlarni amalga oşirişni rejalaştirgan.