Pekinda 2022 yilgi qişki Olimpiya öyinlarida qatnaşayotgan özbekistonlik sportçi Komiljon Töxtayev gigant slalom yönalişidagi iştirokini tugatdi.

Birinçi startda 24 yoşli sportçi 59 sportçi orasida 35-natijani qayd etgan, jami 89 sportçi bölgan, ammo 2 kişi startga çiqmagan, 33 kişi finalga yetib kela olmagan. 

Ikkinçi uriniş yakunlariga köra, Komiljon Töxtayev finişga yetib kelgan 46 sportçi orasida 29-örinni egallagan (2:27.49).

Uşbu bosqiçda ğalaba şveysariyalik Marko Odermattga nasib etdi. Kumuş medalga sloveniyalik Jan Kranets egalik qilgan bölsa, kuçli uçlikka fransiyalik Matyo Fevr yakun yasab berdi. 

Toğ çanğisi. Gigant slalom
Erkaklar: 

1. Marko Odermatt — 2:09,35(Şveytsariya);
2. Jan Kranets — +0,19 (Sloveniya);
3. Matyo Fevr — +1,34 (Fransiya)
29. Komiljon Töxtayev — +18,14 (Özbekiston)

Endi Özbekiston vakili 16 fevral kuni slalom dasturida öz omadini sinab köradi.

Ma’lumot uçun, Töxtayev Pekindagi olimpiya öyinlariga Özbekiston nomidan borgan yagona sportçi hisoblanadi.