Jizzax şahrida kredit mablağini talon-toroj qilgan MÇJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar qildi.

Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Jizzax şahar bölimi tomonidan «Qishloq qurilish bank» Jizzax mintaqaviy filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan. Unda «A.G.» MÇJga bank filialidan korxonaning «Ohak işlab çiqariş texnologik liniyasini rekonstruksiya qiliş» maqsadida ajratilgan 350 million söm kredit mablağini MÇJ rahbari «W.M.» MÇJga ötkaziş orqali naqdlaştirib olib, talon-toroj qilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.