Navoiy viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan Karmana tumanidagi YPX maskanida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida rangli metallarning noqonuniy oldi-sotdisi bilan boğliq holatga çek qöyilgan.

Ta’kidlanişiça, “Buxoro-Toşkent” yönalişida harakatlanib kelayotgan, fuqaro A.M. boşqaruvidagi Isuzu yuk maşinasi töxtatilib, belgilangan tartibda közdan keçirilgan. Jarayonda maşinada heç qanday hujjatlarsiz 6 mln 918 ming sömlik 1 825 kg alyuminiy metall parçalari borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Oldinroq Navoiy xalqaro aeroportida Turkiyadan keltirilayotgan, qariyb 100 mln sömlik sifati kafolatlanmagan dorilar töxtatib qolingandi.