Ma’lum qilinişiça, boşqarmaning Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari tomonidan “Istanbul-Navoiy” yönalişidagi aviareys bilan olib kelingan kurerlik jönatmalari bojxona körigidan ötkazilgan. Körik davomida yöl-yuk kuzatuv hujjatlarida körsatilmagan, tovarlar orasiga yaşirilgan, sifati kafolatlanmagan 73 mln 800 ming sömlik “Favimol 200mg” nomli dori-darmon vositalari borligi aniqlanib, dalolatnoma asosida vaqtinça saqlovga olingan.
Şuningdek, uşbu reysda yana bir holatda yöl-yuk kuzatuv hujjatlarida körsatilmagan, oşxona buyumlari orasiga yaşirilgan 20 mln 640 ming sömlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari hamda 3 mln sömdan ortiq qiymatdagi kiyim-keçaklar borligi aniqlangan.
Hozirda holatlar yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Navoiyda 2021 yilda bojxonaçilar tomonidan qariyb 9 mlrd sömlik noqonuniy tovar-moddiy boyliklar uşlab qolingani ma’lum bölgandi.








