Samarqand viloyat IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 14 fevral kuni fuqaro A. özining haydovçilik guvohnomasini “V”, “S” toifalaridan “Ve”, “Se” toifalariga ötkazmoqçi bölib viloyat IIB YHXBga borgan. Şunda IIBga aloqasi bölmagan Ş. şu yerda işlovçi tanişlari orqali, 900 ming söm evaziga yangi “Ve”, “Se” toifali haydovçilik guvohnomasi olib berişini aytgan. Fuqaro bu töğrida içki işlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan.
Arizaga asosan, IIV Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda Toyloq tumani Davlatobod qişloğida yaşovçi X.Ş. ariza muallifidan 900 ming söm pullarni olayotgan vaqtida daliliy aşyolar bilan uşlanib, rasmiylaştirilgan.
Hozirda X.Ş.ga nisbatan Toyloq tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Şuningdek, Samarqand viloyati IIBga, Payariq tumanida yaşovçi fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida Iştixon tumanida yaşovçi R. özining xususiy avtomaktabi borligini, 20 kun muddatda “V” va “S” toifali haydovçilik guvohnomasini öqimasdan imtihondan ötkazib olib berişi uçun 1000 dollar sörab, oldindan 500 dollar talab qilayotganini bildirib, unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Arizaga asosan, 2022 yil 8 fevral kuni viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan Oqdaryo tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida R.A. ismli şaxs ariza muallifidan 500 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.
Bundan oldin, Sirdaryoda fuqaroga 15 kun muddatda “prava” olib berişni va’da qilgan şaxslar uşlangandi.
Avvalroq, prezident Şavkat Mirziyoyev avtomaktablar böyiça boş prokuror va vazirlarga topşiriqlar bergandi.
2022 yil 26 yanvar kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida prezident yöl harakati qoidalari buzilişi va avariya holatlari keskin oşayotganiga e’tibor qaratdi. Prezident haydovçilik guvohnomasi olişda poraxörlik odatiy holga aylanganini tanqid qilgandi.












