Ma’lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Guliston tumani bölimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda, fuqaro I.B. fuqaro M.ga öquv darslari va imtihonga qatnaşmasdan “S.” ismli tanişi orqali “V”, “S” toifadagi haydovçilik guvohnomasini 15 kun muddatda olib beriş evaziga 350 dollari olgan vaqtida uşlangan. Uning körsatuviga asosan davom etgan tadbirda, I.B.ning şerigi M.Ş. 250 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Avvalroq, prezident Şavkat Mirziyoyev avtomaktablar böyiça boş prokuror va vazirlarga topşiriqlar bergandi.
26 yanvar kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida prezident yöl harakati qoidalari buzilişi va avariya holatlari keskin oşayotganiga e’tibor qaratdi. Prezident haydovçilik guvohnomasi olişda poraxörlik odatiy holga aylanganini tanqid qildi.
«Şu örinda, bir muhim masalaga barçaning e’tiborini qaratmoqçiman. Umuman, haydovçilik guvohnomasini öqimasdan oliş oddiy holga aylanib qoldi. Mana biz öqiganmiz, uç yil öqitardi. Hozir 3 oy öqiyapti, yana bormasdan guvohnoma olyapti. Nima, Özbekistonda qonun yöqmi? Şuning uçun, avariyalar soni soat sayin oşib bormoqda. Agar biz özimiz tan olmasak, çora körmasak, davom etaveradi.
Bu muammoni bartaraf qiliş uçun, Davletov, Bobojonov, Yöldoşev, avvalo öqitiş tizimini tubdan takomillaştiriş, ikkinçidan, öqitmasdan va örgatmasdan guvohnoma beriş «jinoyati»ga qarşi jazoni kuçaytiriş böyiça, bir oy muddatda qonunçilikka qöşimça kiritiş yuzasidan taklif kiritsin», dedi davlat rahbari.












