Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Jarqörğon tuman bölimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda, “S.I.S.” MÇJ avtomaktabi örgatuvçi ustasi Z.E. fuqaro A.ga boşqa avtomaktabda işlovçi tanişlari orqali “B, S.” toifadagi haydovçilik guvohnomasini öquv maşğulotlarida iştirok etmasdan 15 kun muddat içida olib beriş evaziga 3,1 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Bundan oldin, Sirdaryoda fuqaroga 15 kun muddatda “prava” olib berişni va’da qilgan şaxslar uşlangandi.
Avvalroq, prezident Şavkat Mirziyoyev avtomaktablar böyiça boş prokuror va vazirlarga topşiriqlar bergandi.
26 yanvar kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida prezident yöl harakati qoidalari buzilişi va avariya holatlari keskin oşayotganiga e’tibor qaratdi. Prezident haydovçilik guvohnomasi olişda poraxörlik odatiy holga aylanganini tanqid qildi.
“Şu örinda, bir muhim masalaga barçaning e’tiborini qaratmoqçiman. Umuman, haydovçilik guvohnomasini öqimasdan oliş oddiy holga aylanib qoldi. Mana biz öqiganmiz, uç yil öqitardi. Hozir 3 oy öqiyapti, yana bormasdan guvohnoma olyapti. Nima, Özbekistonda qonun yöqmi? Şuning uçun, avariyalar soni soat sayin oşib bormoqda. Agar biz özimiz tan olmasak, çora körmasak, davom etaveradi.
Bu muammoni bartaraf qiliş uçun, Davletov, Bobojonov, Yöldoşev, avvalo öqitiş tizimini tubdan takomillaştiriş, ikkinçidan, öqitmasdan va örgatmasdan guvohnoma beriş «jinoyati»ga qarşi jazoni kuçaytiriş böyiça, bir oy muddatda qonunçilikka qöşimça kiritiş yuzasidan taklif kiritsin”, dedi davlat rahbari.












