Toşkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari 286,9 ming dollarni noqonuniy olib çiqiş uçun sodir etilgan nayrangni foş qildi. Davlat bojxona qömitasi valutalar aniqlangan holat tasvirlangan videoni e’lon qildi.

Videoda naqd xorijiy valutalar norin, kabob, pahlava kabi yeguliklar orasiga yaşirilganini köriş mumkin.

«Batafsil reportaj bugun telekanallarning keçki informatsion dasturlarida hamda Davlat bojxona qömitasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida namoyiş qilinadi», — deyiladi xabarda.