Insoniyat yadro qurollari qöllanişi qanday oqibatlarga olib kelişini ilk bor 1945 yil AQŞ Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki şaharlariga atom bombasi taşlaganida bilgandi. Öşanda bu ikki şahar butunlay vayronaga aylanadi, 100 minglab odamlar halok böladi. Tirik qolganlar esa atom bombasi portlaşi tufayli yuzaga kelgan radiatsiya nurlari oqibatida nogiron bölib qoladi.

Foto: Alamy

Keyinçalik Yaponiyaning har ikkala şahri ham qayta tiklandi. Bugungi kunda ularda millionlab odamlar yaşayapti. Ammo yadro quroli portlagan joyda paydo bölgan radiatsiya nurlari hanuzgaça odamlar soğligiga ziyon keltirişda davom etmoqda.

Xirosima va Nagasakiga atom bombalari taşlanganda faqat AQŞda bunday qurollar bor edi. Keyinçalik XX asrning oxirigaça yana bir qança davlatlar bunday qurollarga ega böldi. Bugun ana şu qurollar sababli insoniyat kelajagi jiddiy xavf ostida qolmoqda.

Atom bombasi yaratilişi haqida qisqaça

Atom bombasini ilk marta 1943–1944 yillarda ikkinçi jahon uruşida yengilayotgan nemis olimlari loyihalaştira boşlagan. Uruşda SSSR va ittifoqçilar armiyasi Germaniya qöşinlarini ikki tomondan siqib kela boşlagaç nemislar «dahşatli qurol» yaratiş böyiça olib borayotgan loyihasini oxiriga yetkaza olmaydi.

Şundan söng loyiha ma’lumotlari AQŞ razvedkasi tomonidan öğirlab ketiladi va ilk yadro qurollari Amerikada yaratiladi.

1945 yilda AQŞ harbiy havo kuçlari uruşda yengilayotgan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki şaharlariga atom bombasini taşlaydi va ilk sinovni şu tarzda ötkazadi. Portlaş natijasida har ikki şaharda 100 minglab odam halok böladi, tirik qolganlar nogiron bölib qoladi va uzoq yaşamaydi.

Şundan keyin dunyodagi asosiy raqobatçisidan ortda qolişni xohlamagan SSSR okean ortida işlagan öz ayğoqçilari yordamida AQŞdan yadro quroli loyihasini qölga kiritadi. 1949 yilda bu davlatda ham ilk yadro quroli sinovi ötkaziladi.

Keyinçalik SSSR mutaxassislari Xitoyda yadro quroli yaratilişida iştirok etadi. Fransiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Pokiston hamda Şimoliy Koreya öz yadro qurollariga ega böladi. Şuningdek, Eron va Isroilda yadro qurollari bor deb taxmin qilinadi. Şu tariqa XX asr oxirigaça dunyoning 10 ta mamlakati yadro qurollariga ega bölgan deb hisoblanadi.

Eron

Foto: pentapostagma.gr

Eronda yadro qurollari borligi haqida aniq ma’lumotlar yöq. Eronning özi ham uning borligini inkor qiladi. Ğarb davlatlari esa «Eron allaqaçon yadro qurolini sinovdan ötkazgan va buni jahon hamjamiyatidan yaşiryapti» deb da’vo qiladi.

Eron yadro qurolining asosiy yoqilğisi bölgan uranga boy mamlakat hisoblanadi. Eron rahbariyati mamlakatning asosiy rejasi yadro qurollarini yaratiş emas, balki atomdan tinç maqsadlarda foydalaniş ekanini ta’kidlab keladi.

Ğarb davlatlari tomonidan Eronda yadro quroli bor deb taxmin qilinişiga asosiy sabab şuki, bu davlat hududida yadro sinovlari ötkaziladigan poligonlar, laboratoriyalar, uranni boyitiş korxonalari va yadro fizikasi sohasida kuçli mutaxassislar bor. Şundan kelib çiqilsa Eronda yadro qurolini osongina yaratib oliş uçun barça şaroit bor.

Foto: Alamy

2020 yil 27 noyabr kuni Isroil va Ğarb davlatlari maxsus xizmatlari tomonidan «Eron bombasining otasi» deya nisbat beriladigan fizik olim Muhsin Faxrizoda Tehronda öldirib ketildi. U boşçiligidagi mutaxassislar Eronda yadro qurolini allaqaçon yaratib bölgani aytiladi.

Şimoliy Koreya

Foto: RIA Novosti

Rasmiy nomi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bölgan Şimoliy Koreyada 30 tadan 60 tagaça jangovar yadro kallaklari borligi aytiladi.

Bu mamlakat ilk yadro sinovini 2006 yilda, eng sönggisini 2018 yilda ötkazgan (2021 yilda ham sinov ötkazilgan deb taxmin qilinadi).

Şimoliy Koreya yadro qurollarini yaratiş ustidagi işlarni ötgan asrning 70-yillarida boşlagan. Öşa paytda mamlakatga rahbarlik qilgan Kim Ir Sen yadro quroli yaratişda SSSR va Xitoydan yordam söraydi. Ammo ular bu sörovni e’tiborsiz qoldirişadi. Şundan söng Şimoliy Koreya mustaqil ravişda yadro qurollarini yaratiş işlarini boşlab yuboradi. Ammo 1991 yilda eng yaqin ittifoqçisi bölgan SSSRning tarqab ketişi işlarni ortga surib yuboradi.

Nihoyat 2006 yilda Şimoliy Koreya ilk yadro sinovini muvaffaqiyatli amalga oşirgani haqida rasman e’lon qiladi. Turli manbalarga köra, bugun Şimoliy Koreyada 10 tadan 60 tagaça yadro quroli bor. KXDR nafaqat taşqi dunyo bilan, balki xalqaro taşkilotlar bilan ham hamkorlik qilmagani uçun bu davlatda qança yadro quroli borligi aniq emas.

Isroil

Foto: Shutterstock

Yaqin Şarqda joylaşgan Isroilda 80-90 ta jangovar yadro kallaklari borligi, bu davlat tomonidan ilk yadro sinovi ham, sönggisi ham 1979 yilda ötkazilgani aytiladi.

Isroil özida yadro qurollari borligini heç qaçon oşkor etmagan. Garçi Isroilda yadro tadqiqotlari ötgan asrning 50-yillaridan boşlangan bölsa-da, mamlakatdagi yadro qurollari mamlakatning özida tayyorlanganmi yoki yaqin ittifoqçisi AQŞ tomonidan berilganmi, bu ham aniq emas.

Aksariyat mutaxassislar Isroilga yadro qurollarini AQŞ berganini ta’kidlaydi. Ularga köra, hududi juda kiçik bölgan Isroilda yadro qurollari sinovini ötkazişning iloji yöq. Qolaversa, mamlakat rahbariyati ham öz fuqarolari soğligini xavf ostiga qöymasa kerak.

1979 yilda Atlantika okeanining janubida bir neçta şubhali yadro sinovlari ötkazilgan va ularni Isroil yoki JAR ötkazgan deb taxmin qilinadi. Isroil «Yadro qurollarini tarqatmaslik haqidagi bitim»ni imzolaşdan boş tortgan. Bu ham mamlakatda yadro qurollari borligining isboti sifatida köriladi.

Hindiston

Foto: dostor.org

Hindistonda 120-150 ta jangovar yadro kallaklari borligi aytiladi. Bu davlatda ilk yadro sinovi 1974 yilda, sönggisi 1998 yilda ötkazilgan.

Hindiston ilk yadro sinovlarini 1974 yilda muvaffaqiyatli ötkazgan bölsa-da, faqatgina XX asrning söngiga kelib özida yadro quroli borligini oşkora tan oldi.

1998 yilda uç marta yadro sinovini ötkazgan Hindiston öşandan keyin sinovlarini boşqa ötkazmaslik haqidagi qarorini e’lon qildi.

1947 yilda Britaniya qöl ostidan mustaqil bölgan Hindiston va Pokiston örtasida keyinçalik hududiy mojarolar yuzaga keldi. Şu sababli har ikki davlat ham öz yadro quroliga ega bölişga harakat qila boşladi. Şundan söng avval Hindiston, söng Pokiston öz yadro qurolini yaratdi.

Pokiston

Foto: LiveJournal

Pokistonda 130-160 ta jangovar yadro kallaklari bor deyiladi. Bu davlat ilk yadro sinovini ham sönggisini ham 1998 yilda ötkazgan.

1974 yilda Hindiston yadro sinovini muvaffaqiyatli ötkazganidan söng u bilan bir neça bor hudud talaşib urişgan Pokiston ham tadqiqotlarga zör beradi. Öşanda Pokiston boş vaziri bölgan Zulfiqor Ali Bxutto «Agar Hindiston yadro qurolining sinovini muvaffaqiyatli ötkazgan bölsa, biz oç qolib öt-ölan yesak ham öz yadro qurolimizni yaratamiz. Bizda boşqa yöl yöq», degandi.

Zulfiqor Bxutto aytganday Pokiston sinovlarni muvaffaqiyatli ötkazib öz yadro quroliga ega böldi. Faqat Hindistondan 24 yil keyin. Şu tariqa Pokiston jahondagi yadro qurollari bor sanoqli davlatlardan biri böldi.

Foto: Reuters

2021 yil oktyabr oyida Pokistonda yadro qurollarini yaratişda rahbarlik qilgan fizik olim Abdul Qodir Xon koronavirus tufayli vafot etdi. Bu inson bir paytlar KXDR va Eronga yadro qurollarini yaratiş dasturini yaşirinça sotganlikda ham ayblangandi.

Buyuk Britaniya

Foto: LiveJournal

Buyuk Britaniyada 200 ta jangovar yadro kallaklari borligi aytiladi. Bu davlat ilk yadro sinovini 1952 yilda, sönggisi 1991 yilda ötkazgan.

Garçi yadro quroliga ega mamlakatlarning birinçi beştaligiga kirsa ham Buyuk Britaniya öz hududida yadro sinovlari ötkazmagan. Barça sinovlar Avstraliya va Tinç okeanidagi orollarda ötkazilgan. 1991 yilda Buyuk Britaniya yadro sinovlarini ötkazişni töxtatgan.

Xitoy

Foto: khaberni.com

Çin yurtida 320 ta jangovar yadro kallaklari borligi aytiladi. Xitoy ilk yadro sinovini 1964 yilda, sönggisini 1996 yilda ötkazgan.

Xitoyning yadro quroliga ega bölişida SSSRning yordami katta bölgan. Sovet ittifoqi bu davlatga töğridan töğri yadro quroli bermagan. Ammo yadro tadqiqotlari uçun laboratoriyalar taşkil etişda, uranni boyitiş zavodi va sinov poligonini qurişda, şuningdek, yadro quroli yaratişda iştirok etgan fizik olimlarni tayyorlaşda yordam bergan.

Xitoy dunyodagi yadro qurollari yöq davlatlarga yadro quroli bilan hujum va tahdid qilmaslik haqida qaror çiqargan yagona mamlakat hisoblanadi.

Fransiya

Foto: russiancouncil.ru

Fransiyada 280-300 ta jangovar yadro kallaklari borligi aytiladi. Bu davlat ilk yadro sinovini 1960 yilda, sönggisini 1995 yilda ötkazgan.

Fransiya ilk yadro quroli sinovini 1960 yilda muvaffaqiyatli ötkazgan. Öşandan keyin 1995 yilgaça bu davlat umumiy hisobda 200 dan ortiq yadro sinovlarini ötkazgan.

Fransiya ham Buyuk Britaniya kabi öz yadro qurollari sinovini mamlakatning dengizorti mulklarida ötkazgan. Ilk sinovlar öşa paytda hali Fransiya mustamlakasi bölgan Jazoirda ötkazilgan. Afrika şimolidagi bu davlat mustaqil bölgaç Fransiya öz yadro sinovlarini Tinç okeanidagi Fransiya Polineziyasi orollarida davom ettirgan. Fransiya «Yadro qurollarini tarqatmaslik haqidagi bitim»ga ötgan asrning 90-yillarida qöşilgan.

AQŞ

Foto: Shutterstock

AQŞda 5 800 ta jangovar yadro kallaklari borligi aytiladi. Ammo 2020 yil 30 sentyabrda AQŞ davlat departamenti bu davlatda 3 750 ta faol va nofaol yadro kallaklari borligini ma’lum qildi.

Tinçlik muammolarini tadqiq qiliş böyiça Stokholm xalqaro instituti (SIPRI) ma’lumotlariga köra, 2021 yil yanvar holatiga AQŞda 5 550 ta yadro kallaklari bor.

Bu davlatda ilk yadro sinovi 1945 yilda, sönggisi 1992 yilda ötkazilgan.

AQŞ harbiy sohaga pul sarflaş böyiça jahonda birinçi örinni egallaydi. Sönggi yillarda bu davlat harbiy xarajatlar uçun yiliga örtaça 700 milliard dollar atrofida mablağ sarflamoqda.

Şuningdek, AQŞ jangovar yadro kallaklar soni va yadro sinovlari böyiça ham dunyoda birinçi örinda turadi. Şu paytgaça AQŞda 100 turdan ortiq 66,5 mingta turli atom qurollari yaratilgan.

AQŞning asosiy yadro kallaklari harbiy suvosti kemalariga örnatilgan. AQŞ ham 2017 yilda «Yadro qurollaridan butunlay voz keçiş haqidagi yangi bitim»ga qöşilmadi.

Rossiya

Foto: Wikipedia

Rossiyada 6 400 ta jangovar yadro kallaklari borligi aytiladi. Bu davlat ilk yadro sinovini 1949 yilda, sönggisini 1990 yilda ötkazgan. SSSR tarqab ketgandan söng Rossiya yadro qurollarini sinovdan ötkazgani haqida ma’lumotlar yöq.

Rossiya dunyodagi birinçi raqamli yadro qurollari derjavasi hisoblanadi. SSSR tarqab ketgaç sobiq ittifoq respublikalari hududida bölgan yadro kallaklarini Rossiya olib çiqib ketgan. SSSR yadro qurollarining bir qismi Qozoğiston, Ukraina va Belarus hududida bölgan. Öşanda Qozoğiston va Belarus ularni heç bir gap-sözsiz Rossiyaga topşiradi. Ammo Ukraina 1994 yilgaça öz xavfsizligi uçun ularni Rossiyaga topşirmaydi.

1994 yilda Vengriya poytaxti Budapeşt şahrida AQŞ, Buyuk Britaniya Rossiya va Ukraina tomonidan xalqaro memorandum imzolanadi. Memorandumga köra Rossiya heç qaçon Ukraina hududlariga da’vo qilmaslikka, uning hududiy yaxlitligini hurmat qilişga kafolat beradi. Bu memorandum Budapeşt memorandumi deb ataladi.

2014 yilda Rossiya öşa memorandum şartlarini buzib Ukrainaga tegişli Qrim yarimorolini öziga qöşib oldi. Bundan taşqari, Ukraina şarqidagi Donetsk va Lugansk viloyatlarida boş kötargan rus ayirmaçilarini qöllab-quvvatladi.

Garçi Rossiya yadro kallaklari soni böyiça dunyoda birinçi örinda bölsa ham, jangovar şay bölgan yadro kallaklari soniga köra AQŞdan keyin ikkinçi örinda turibdi.

Aniq ma’lumotlar bormi?

Bugun yadro quroliga ega davlatlarda qança yadro kallaklari borligi haqida aniq ma’lumotlar yöq. Turli manbalarda ular turliça beriladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar umumlaştirilgan.

2020 yil oktyabr oyida AQŞ davlat departamenti 5 yil içida birinçi marta mamlakatda neçta yadroviy jangovar kallak borligi haqidagi ma’lumotni oşkor qildi (sobiq prezident Donald Tramp davrida uşbu ma’lumotni oçiqlaş taqiqlangandi).

Unga köra, 2020 yil 30 sentabr holatiga AQŞda 3 750 ta faol va nofaol yadro kallaklari mavjud. Bu 2019 yilga nisbatan 55 ta, 2017 yilga nisbatan esa 72 taga kamroq.

“Uşbu körsatkiç AQŞ yadro quroli sobiq ittifoq bilan 1967 yilda sovuq uruşning avj pallasida eng çöqqiga yetgan davrdan beri eng past körsatkiçdir. Öşanda AQŞda 31 mingdan köproq yadro zaryadi bölgan”, deyilgan xabarda.

Şuningdek, yana bir nufuzli tadqiqot markazi Tinçlik muammolarini tadqiq qiliş böyiça Stokholm xalqaro instituti (SIPRI) ma’lumotlari AQŞ davlat departamenti tomonidan keltirilgan raqamlardan farq qiladi. Jumladan, institut ma’lumotlariga köra 2021 yil yanvarda AQŞda 5 550 ta, Rossiyada 6 255 ta, Xitoyda 350 ta, Buyuk Britaniyada 225 ta, Fransiyada esa 290 ta jangovar yadroviy kallaklar bölgan. Uşbu statistika foydalanişdan çiqarilgan kallaklarni ham öz içiga oladi.

Institut, şuningdek, “yadro klubi”ga kirmaydigan davlatlar — Hindiston, Pokiston, Isroil va Şimoliy Koreyada umumiy hisobda 460 ta jangovar yadroviy kallak borligini ma’lum qilgan.

Ğayrat Yöldoş tayyorladi