1991 yil avgustda SSSR parçalanib ketadi. Ittifoqdoş respublikalar birin-ketin mustaqillik e’lon qila boşlaydi. Öşa yili 8 dekabr kuni Belarusdagi Belovej örmonidagi qarorgohda Rossiya prezidenti Boris Yelsin, Ukraina prezidenti Leonid Kravçuk va Belarus rahbari Stanislav Şuşkeviç tomonidan ittifoqni tarqatib yuboriş haqidagi kelişuv imzolanadi. Şu tariqa tarix sahnida 69 yil hukm surgan davlat yöqlikka yuz tutadi.
Garçi Rossiya SSSR parçalanib ketganini xotirjam qabul qilgan bölsa ham sobiq ittifoqdoş respublikalar bilan hal qilinişi lozim bölgan ayrim masalalar bor edi. Ulardan biri sobiq ittifoqning taşqi qarzi, yana biri ayrim ittifoqdoş respublikalar hududida qolayotgan yadro qurollarining kelgusi taqdiri masalasi edi.
Öşanda Rossiya rahbari Boris Yelsin SSSRning taşqi qarzi barça sobiq respublikalar gardaniga tuşişi kerakligini aytib çiqadi. Ammo mustaqil bölgan respublikalar rahbarlari bu şartni qabul qilişmaydi. Öşanda boşqa respublikalar qatori Özbekiston ham SSSRning merosxöri Rossiya ekani, uning asosiy boyliklari Rossiya hududida qolayotgani, şu sababli taşqi qarzning barçasi Rossiya zimmasiga tuşişi lozimligini bildiradi.
Ikkinçi masala biroz çigal edi. Sobiq ittifoqning yadro qurollari asosan törtta respublika: Rossiya, Ukraina, Qozoğiston va Belarusda joylaşgan edi. Rossiya ularning har biridan yadro qurollarni qaytarişini söraydi. Ammo bu iş oson emas: sobiq respublikalarning roziligidan taşqari, 100 million dollarlab xarajatni talab qilardi.
1992 yilda Portugaliya poytaxti Lissabonda AQŞ, Rossiya, Ukraina, Belarus va Qozoğiston rahbarlari iştirokida yadro qurollari masalasi muhokama qilinadi. AQŞ tomoni mustaqil bölgan respublikalar özlaridagi yadro qurollarini Rossiyaga topşirişi yoki yöq qilişi lozimligini aytib, bunda xarajatlar uçun mablağ ajratişga tayyorligini bildiradi. Tomonlar örtasida dastlabki kelişuv imzolanadi. Ammo bu kelişuvning amalga oşişi uçun AQŞ va Rossiya har uç respublikaga salmoqli miqdorda pul tölab berişi lozim edi.
Ungaça 1991 yil 29 avgust kuni Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Semipalatinskdagi yadro qurollarini sinovdan ötkazadigan poligonni yopiş haqida farmonni imzolaydi. Şundan söng bu davlatdan yadro qurollarini olib çiqiş boşlanadi. Xarajatlarni Rossiya va AQŞ tölab beradi.
SSSR tarqalgan vaqtda Belarus mustaqil davlat sifatida dunyoda yadro qurollari bor davlatlar orasida 8-örinni egallagan. Bu yerda jami 1120 dona yadro quroli bor edi. Bu davlat 1993 yilda rasmiy ravişda yadro qurolini tarqatmaslik şartnomasiga qöşiladi va yadro qurollarini Rossiyaga olib çiqiş boşlanadi.
1994 yilda Belarusga Lukaşenko rahbar böladi va kelajakda NATOning şarqqa qarab kengayiş xavfi borligini, yadro qurollarining bir qismini qoldiriş kerakligini aytadi. Ammo AQŞ va Rossiya uning taklifiga rad javobini berişadi va qurollar oxirigaça Rossiyaga olib çiqiladi. Belarusdan yadro qurollari ortilgan eng oxirgi eşelon 1996 yilda çiqadi va unga qit’alararo ballistik raketalar ortilgan edi.
Rossiya Qozoğiston va Belarusdan yadro qurollarini olib çiqişda aytarli jiddiy muammoga duç kelmaydi. Ammo Ukrainadagi yadro qurollarining taqdiri 1994 yilgaça mavhum qoladi. Bir tarafdan Rossiya, ikkinçi tomondan AQŞ bu davlatga yadro qurollarini Rossiyaga topşirişi masalasida bosim ötkazardi.
Ukraina esa kelajakda aynan Yevropa davlatlaridan yoki NATOdan emas, balki Rossiyadan xavfsirardi. Çunki 1990-91 yillarda Moldaviya şarqida, Pridnestroveda yaşayotgan rus millatiga mansub aholi mustaqil böliş uçun boş kötargan va u yerga tinçlikparvar kuçlar niqobi ostida Rossiya armiyasi joylaştirilgandi. Öşanda Ukraina öz şarqiy viloyatlarida yaşayotgan ruslar qaçonlardir boş kötarişidan va bunga ham Rossiya aralaşib jiddiy muammolar keltirib çiqarişidan xavotirda edi.
Şu sababli mamlakat rahbariyati öz xavfsizligini öylab yadro qurollarini Rossiyaga topşirişga şoşilmay kelayotgandi.
Budapeşt memorandumi
Ukraina yadro qurollarini Rossiyaga topşirişni keçiktirayotgani nafaqat Rossiyani, balki AQŞ hamda Yevropa davlatlarini ham birday xavotirga solayotgandi. Şu uçun ham ular Ukraina yadro qurolidan tezroq voz keçişi uçun harakat qila boşlaşadi.
1994 yilda Ukraina parlamenti mamlakatning yadro qurollarini tarqatmaslik şartnomasiga qöşilişi haqidagi qonunni qabul qiladi. Qonunda Ukraina nima xohlayotgani aniq va ravşan belgilab qöyilgan edi.
«Uşbu qonun yadro qurollariga ega davlatlar Ukrainaga xalqaro darajada rasmiylaştirilgan hujjatni imzolaş orqali xavfsizlik kafolatlarini bergandan söng kuçga kiradi», — deyilgan edi qonunning 6-bölimida.
Ukraina nafaqat Rossiyadan, balki vositaçilik qilayotgan boşqa davlatlardan xalqaro darajada rasmiylaştirilgan kafolat hujjatini imzolaşni sörayotgandi. Ukrainaning bu söroviga vositaçilar – AQŞ va Buyuk Britaniya bilan birga manfaatdor Rossiya ham rozi böladi.
1994 yil 5–6 dekabr kunlari Vengriya poytaxti Budapeşt şahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining yillik sammiti ötkaziladi. Sammitning birinçi kunida AQŞ, Buyuk Britaniya, Rossiya va Ukraina rahbarlari iştirokida alohida yiğiliş ötkaziladi. Yiğilişda Bill Klinton, Jon Meyjor, Boris Yelsin va Leonid Kuçma iştirokida Ukraina hududidagi yadro qurollarini Rossiyaga topşirişi va unga xalqaro darajada xavfsizlik kafolatini beriş masalasi muhokama qilinadi.
Yiğilişda AQŞ, Buyuk Britaniya, Rossiya hamda Ukraina örtasida xalqaro memorandum imzolanadi. Unga köra Ukraina öz hududidagi yadro qurollarini Rossiyaga topşiradi. Öz navbatida, Rossiya heç qaçon Ukrainaga hudud masalasida da’vo qilmaydi va yaxlitligiga raxna solmaydi, Ukrainada ayirmaçilikni qöllab-quvvatlamaydi.
Memorandum imzolanayotgan paytda garçi uni imzolaydigan davlatlar röyxatida bölmasa ham Fransiya va Xitoy Ukrainaga xavfsizlik kafolati berilişini qöllab-quvvatlaşini ma’lum qilişadi. Öşa kuni Fransiya vakili mamlakat prezidenti Fransua Mitteranning maktubi bilan birga u imzolagan deklaratsiyani Ukraina rahbariga topşiradi.
Tomonlar xalqaro memorandumni imzolagandan söng Ukraina öz hududidagi yadro qurollarini Rossiyaga topşiradi. Ukrainadan yadro qurollarini olib çiqiş bir neça yil davom etadi va 1996 yil iyunda yakunlanadi.
Budapeşt memorandumining huquqiy statusi
Budapeşt memorandumi olti banddan iborat. Uning birinçi bandida «YeXHT taşkilotining yakuniy Aktiga köra, Rossiya, AQŞ va Buyuk Britaniya Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va mavjud çegaralarini hurmat qiliş majburiyatini yana bir bor tasdiqlaydi», deyilgandi.
Ikkinçi bandda esa «Rossiya, AQŞ va Buyuk Britaniya Ukrainaning hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarşi kuç işlatiş bilan tahdid qiliş yoki qöllaşdan tiyiliş majburiyatini yana bir bor tasdiqlaydi», deb yozilgandi.
Ammo Budapeşt memorandumi garçi xalqaro hujjat sifatida imzolangan bölsa ham uning aniq statusi belgilanmagan edi. Şunday bölsa ham mazkur memorandum tayyorlanişida iştirok etgan Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Vladimir Ryabsevning sözlariga köra tört davlat rahbari imzolagan xalqaro memorandumni öşa davlatlarning parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qiliş nazarda tutilmagan. Şu sababli u imzolangandan kuçga kirgan va uni imzolagan tomonlar unga amal qilişi lozim bölardi.
Ukrainaning sobiq prezidenti Leonid Kuçma nemislarning Deutsche Welle axborot agentligiga bergan intervyusida Budapeşt memorandumi şunçaki rasmiyatçilik uçun imzolangani, amalda esa Ukraina boşqalar öylagandan köra ojizroq bölgani haqida gapirgan.
Aksariyat siyosiy tahlilçilar Budapeşt memorandumi heç narsani anglatmasligini, çunki unda uşbu hujjatga amal qilmaganlarga va kelişuvni buzganlarga qanday çora körilişi haqidagi aniq mexanizmning özi yöqligini ta’kidlaşardi. Amalda ham şunday böldi, Rossiya mazkur memorandum şartlarini buzib Ukrainadan Qrimni tortib olganda, mamlakat şarqidagi rus ayirmaçilariga yordam körsatganda unga qarşi heç qanday çora körişning iloji bölmadi.
Bir paytlar örtada vositaçilik qilgan AQŞ va Buyuk Britaniya Rossiyaga qarşi iqtisodiy sanksiyalar e’lon qilişdan boşqasiga yaramadi.
Ukraina böyiça ekspert, germaniyalik jurnalist Vinfrid Şnayder-Deters Budapeşt memorandumini «bir parça qoğozdan boşqa narsa emas» degandi. Tarix uning haqligini körsatdi.
Rossiyaning Budapeşt memorandumini buzişi
2014 yilda Ukrainada Yevropa Ittifoqi bilan özaro integratsiya şartnomasini imzolaşni talab qilgan odamlar Kiyev markazida namoyişlarni boşlaydi. Mamlakat prezidenti Viktor Yanukoviç Rossiyaga qoçadi. Ukrainada sodir bölayotgan talatöplardan foydalangan Rossiya Qrimda soxta referendum ötkazadi va yarimorolni Rossiyaga qöşib olinganini e’lon qiladi.
Bundan taşqari, Ukraina şarqida hukumatga qarşi boş kötargan rus ayirmaçilarini qurol-yaroğ va oziq-ovqat bilan ta’minlaydi. Kamiga bu hududga öz armiyasini kiritadi. Şu tariqa Budapeşt memorandumi şartlarini buzadi.
Şundan söng memorandum imzolanişida vositaçilik qilgan AQŞ va Buyuk Britaniya, şuningdek Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar joriy etişdi. Bu sanksiyalar har yili uzaytirib borilyapti. Ammo ulardan unçalik ham naf bölmayapti.
Ukraina hukumatining munosabati
Rossiya Qrimni qöşib olib, kamiga Ukraina şarqidagi ayirmaçilarni qöllab-quvvatlagaç Ukraina tomoni Rossiya Budapeşt memorandumini buzganini va nafaqat vositaçi davlatlar, balki xalqaro taşkilotlar Rossiyani tiyib qöyişi lozimligini ta’kidlab keladi. Ammo amalda buning iloji yöqligini rasmiy Kiyevning özi ham bilib turibdi.
Yevropa Ittifoqining Rossiya masalasida keskin çoralar köra olmasligiga qisman bu mamlakat köhna qit’aga gaz va neft eksport qiluvçi asosiy davlat ekani ham sabab bölmoqda.
2014 yildan keyin Ukraina siyosatçilari amalda mamlakatga nafi tegmagan Budapeşt memorandumi şartlarini qayta körib çiqiş haqida bir neça bor gapirib çiqişdi. Ammo aksariyat siyosiy tahlilçilar amalda bu yöl bilan Ukraina boy bergan hududlarini qaytarib ololmasligini aytişgan.
Rossiyaning munosabati
Rossiya Budapeşt memorandumini buzganini tan olmaydi. Qrim qöşib olinişini Rossiya tomoni Ukrainaning bir qismini bosib oliş emas, balki yarimorolda yaşovçi aholining xohiş-istagini inobatga oliş deb biladi. Şu sababli Rossiya siyosatçilariga köra Qrimni bosib oliş Budapeşt memorandumini buziş hisoblanmaydi.
Şuningdek, Rossiya Ukraina şarqiga qöşin kiritganini ham inkor etadi. Ular Donetsk va Luganskdagi millatdoşlariga (ya’ni ruslarga) gumanitar yordam berganini aytib kelişadi.
Qolaversa, Rossiya Budapeşt memorandumida yadro quroliga ega davlat sifatida yadro quroli bölmagan davlatdan uşbu xavfli qurolni işlatmaslik mas’uliyatini olganini, memorandumda boşqa narsa nazarda tutilmaganini aytadi.
AQŞ va Buyuk Britaniyaning munosabati
Rossiyaning Qrimni qöşib olişi va Ukraina şarqidagi rus ayirmaçilariga har tomonlama yordam berişi ortidan eng avvalo AQŞ va Buyuk Britaniya siyosatçilari noqulay ahvolga tuşib qolişdi. Aftidan ular Rossiya Qrimni qöşib olişini va bu davlatda etnik mojaro keltirib çiqarişini taxmin qila olmagan.
1994 yilda Ukrainaga xavfsizlik böyiça kafolat bergan bu ikki davlat Rossiyaning Ukrainaga nisbatan amalga oşirgan xatti-harakatlarini «mutlaqo qabul qilib bölmas» deb baholadi. Şundan söng bu ikki mamlakat boşçiligidagi Ğarb mamlakatlari Rossiyaga nisbatan iqtisodiy jazo çoralarini qöllaşdi. Oqibatda Rossiyada xorijiy valutalar narxi qariyb uç barobar kötarilib ketdi va bu davlatda iqtisodiy inqiroz yuzaga keldi.
Rasmiy Vaşington va London Rossiya Ukrainaning hududiy yaxlitligiga daxl qilsa unga qarşi heç qanday jiddiy çora köra olmasligini anglab turardi. Şu sababli bu ikki davlatning ayrim siyosatçilari hujjat qabul qilinganda ham, 2014 yildan keyin ham Budapeşt memorandumi Ukrainani Rossiya agressiyasidan saqlab qololmasligini aytişgandi. Amalda şunday böldi ham.
Qolaversa, ayrim siyosiy tahlilçilar fikridan farqli ölaroq, Budapeşt memorandumi qoidalarini tahlil qiliş şuni körsatadiki, 2014 yilda Ğarb davlatlari uşbu hujjatga muvofiq Ukraina oldidagi majburiyatlarini bajarib, unda nazarda tutilgan maslahatlaşuvlarni ötkazgan. Ya’ni memorandumda közda tutilgan işni bajarib, Ukraina oldida «yuzi yoruğ bölgan».
2014 yildan AQŞ boşçiligidagi Ğarb davlatlari, xususan Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan qöllanayotgan iqtisodiy çeklovlarni har yil yangilab kelmoqda. Hozirça bu çeklovlar bekor qilinişi haqida heç gap yöq. Rossiya hozirgiday agressiv siyosat yuritişda va Ukraina şarqidagi rus ayirmaçilarini qöllab-quvvatlaşda davom etaversa çeklovlar hali beri bekor qilinmaydi.
Xalqaro siyosiy tahlilçilar nima deydi?
Aksariyat xalqaro siyosiy tahlilçilar, soha mutaxassislari Rossiyani nafaqat Budapeşt memorandumini, balki boşqa xalqaro normalarni ham buzganlikda ayblaşadi.
Jumladan, Londondagi Xalqaro strategik tadqiqotlar institutining yadro qurollarini tarqatmaslik va qurollardan voz keçiş dasturi direktori Mark Fitspatrik Ukrainani Yadro qurollarini tarqatmaslik töğrisidagi şartnomaga qöşilişga bugungi kunda Rossiya taşqi işlar vazirligi ikkinçi darajali deb hisoblagan xavfsizlik kafolatlari undaganini ta’kidlaydi.
Fitspatrikning fikriça, Vladimir Putinning «yangi davlat paydo bölişi» haqidagi pozitsiyasi xalqaro huquqning asosiy prinsipiga zid. Unga köra şartnomalar u yoki bu hukumatlar örtasida emas, balki davlatlar örtasida tuziladi. Şundan kelib çiqilsa Budapeşt memorandumi ham Yelsin va Kravçuk imzolagan bitim emas, balki Rossiya va Ukraina örtasida imzolangan kelişuv edi.

Aksariyat diplomatlar va tahlilçilarning fikriça, 2014 yil voqealari şuni körsatdiki, Budapeşt memorandumi yadro qurolidan voz keçgan Ukrainaning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlaş vositasi sifatida samarasiz bölib çiqdi.
Kembrij universiteti qoşidagi Lauterpaxt xalqaro huquq tadqiqotlari markazi xodimi Tomas Grantning sözlariga köra, Budapeşt memorandumini sof deklarativ-siyosiy hujjat yoki yuridik jihatdan majburiy hujjat deb hisoblaş kerakmi, degan savolning öziga javob yöq.
Biroq Grantga köra memorandum xalqaro şartnoma şaklida işlab çiqilgan va uni imzolagan tomonlar uşbu hujjat muayyan majburiyatlarni paydo qiladi deb hisoblaşgan. Ammo qanday majburiyatlarni?
Memorandum Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya va Qöşma Ştatlardan ma’lum şaroitlarda ma’lum protsessual çoralarni körişni talab qiladi.
Jumladan:
4-bandga muvofiq «Agar Ukraina tajovuz qurboni yoki yadro quroli qöllangan tajovuz obekti bölsa», qolgan uç tomon «BMTdan Ukrainaga qilingan tajovuzga qarşi zudlik bilan çora körişni tasdiqlaşni talab qila oladi». Şu banddan kelib çiqib AQŞ va Buyuk Britaniya 2014 yilning 15 martida BMT Xavfsizlik Kengaşiga rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi. Lekin Ukrainaga qarşi tajovuzda yadro quroli qöllanmagani uçun u rad etildi.
(Aynan Rossiya ham memorandumdagi ana şu bandni uşlab olgan va Ukrainaga yadro quroli qöllamaganini aytib keladi.)
6-bandga muvofiq, «Tomonlar uşbu majburiyatlar masalasiga ta’sir qiladigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda maslahatlaşadilar». Şunday vaziyat yuzaga keldi va Buyuk Britaniya va AQŞ bu masalada Ukraina bilan «maslahatlaşgan».
Grantning sözlariga köra, yuqoridagi ikkita band böyiça Buyuk Britaniya va AQŞ öz majburiyatlarini bajarilgan deb hisoblaşmoqda. Memorandumga köra ular harbiy harakatlar olib boriş majburiyatini olmagan.
NATOning sobiq boş kotibi Jorj Robersonning sözlariga köra, Ukraina misolida yadroviy qurolsizlaniş ğoyasi özini oqlamaganini köriş mumkin. «Agar Kiyevda yadro qurollari bölganda Qrimni qölga kiritiş va Ukraina şarqini bosib oliş qiyin bölar edi», deydi u.
Şuningdek, BMT sobiq Boş kotibi Pan Gi Mun tomonidan Rossiyaning Ukrainaga bosqini yadroviy qurollarni tarqatmaslik şartnomasiga amal qilayotgan davlatlar uçun xavf deb baholangandi. Bu fikrga boşqa bir qator mutaxassislar ham qöşiladi.
Uning sözlariga köra, Budapeşt memorandumining buzilişi Koreya yarimorolini tinç yöl bilan tartibga soliş istiqbollariga ham salbiy ta’sir körsatadi. Çunki ança yildan buyon Şimoliy Koreyaga yadro qurollaridan voz keçiş talabi qöyilyapti. Ukraina–Rossiya hodisalaridan keyin Şimoliy Koreya öz xavfsizligiga jiddiyroq kafolatlar berilmasa yadro qurollaridan voz keçişi dargumon.
Ba’zi boşqa tahlilçilar esa Rossiya Budapeşt memorandumini buzgan degan da’voga qöşilişlarini aytişgan. Ular 1994 yilda Ukrainaning yadro qurolini saqlab qolişi nafaqat Rossiya Ukrainaning içki işlariga aralaşuvining oldini olişga yordam berardi, balki tajovuz qilişiga ham yöl qöymasdi deyişadi.
Qrim Rossiyaniki deb tan olgan davlatlar
Albatta Rossiya katta davlat, şu jihatdan olganda uning Ukrainaga nisbatan tutgan yölini töğri deb bilayotgan mamlakatlar yetarliça. Ularning aksariyati Rossiya ta’sir doirasidagi davlatlar hisoblanadi.
Bular:
1. Afğoniston
2. Venesuela
3. Kuba
4. Nikaragua
5. Suriya
6. Şimoliy Koreya
Ğayrat Yöldoş tayyorladi.













