Rossiyalik milliarder Alişer Usmonovga tegişli holding nazorat qiluvçi «Kapitalbank» aksiyalari sotildi. Bu haqda bankning Telegram'dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

«USM holding «Kapitalbank» ATB (Özbekiston) aksiyalarining 61,54 foiziga birgalikda egalik qiluvçi «Telecominvest» MÇJ (RF) va «Finance TCI» MÇJ (Özbekiston) ustav kapitalidagi 100 foiz uluşini sotiş böyiça bitim tuzdi», deyiladi rasmiy xabarda.

Bitim «Kapitalbank» ATB biznesini birgalikda rivojlantirişdan manfaatdor bölgan xususiy investorlar guruhi taşabbusi bilan tuzilgan. Bitimning tijorat şartlari oşkor etilmagan.

«Kapitalbank»ning yirik miqdordagi aksiyalariga egalik qiluvçi kompaniyalar Alişer Usmonovga qaraşli hisoblanadi. Rossiyalik milliarder 2021 yilning noyabr oyidan beri «Kapitalbank»dagi uluşini oşirib kelayotgandi.

«Kapitalbank» aksiyalaridagi özgarişlar – xronologiya

  • 2021 yilning 4 noyabrida tadbirkor Oybek Tursunov «Kapitalbank»ning qariyb 112,5 mln dona aksiyalarini sotib oldi. Şu bilan u bank umumiy aksiyalarining 50 foiziga egalik qila boşladi;
  • Şu oy oxirida «Kapitalbank» aksiyadorlik tijorat banki 215,3 mlrd sömlik aksiyalari qöşimça emissiyasini joylaştirdi. Bankning uşbu aksiyalarini Alişer Usmonovning USM Holding kompaniyasi şu’ba korxonasi — «Telecominvest» MÇJ xarid qildi;
  • Joriy yilning yanvar oyi boşida Alişer Usmonovga aloqador kompaniyaning «Kapitalbank»dagi uluşi 25 foizga yetdi. «Telecominvest» kompaniyasi «Kapitalbank»ning 8,33 foiz aksiyalarini sotib oldi;
  • Yanvarning oxirgi 10 kunligida Oybek Tursunov «Kapitalbank» affillangan şaxslari röyxatidan çiqarildi. Bu paytda Alişer Usmonov bankdagi uluşini yana oşirdi. Tursunovning affillanganlar röyxatidagi örni Rossiya kompaniyalari – «Telecominvest» MÇJ va «Corus» AJ tomonidan töldirildi. «Corus» kompaniyasi «Kapitalbank»ning affillangan şaxslari röyxatiga 2022 yil 12 yanvardan boşlab qöşilgan. «Corus» ham Alişer Usmonovga qaraşli «Telecominvest»ga affillangan;
  • 9 fevralda Usmonovga aloqador kompaniya yana «Kapitalbank»dagi uluşini oşirdi. Unga qaraşli «Finance TCI» MÇJ «Kapitalbank»ning 3,81 foiz aksiyasini sotib oldi. Şu bilan Alişer Usmonovga qaraşli kompaniyalar uluşi jami 61,54 foizga yetgandi.

Eslatib ötamiz, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi ortidan Alişer Usmonovga nisbatan Buyuk Britaniya, AQŞ, Yevropa Ittifoqi personal sanksiyalar joriy etgan. Bugun, 4 mart kuni AQŞ rossiyalik oligarxlarga qarşi yangi şaxsiy sanksiyalar e’lon qildi. «Qora röyxat»dan Alişer Usmonov ham örin oldi. Sanksiya ostida qolganlar «AQŞ moliya tizimidan uziladi, aktivlari muzlatiladi va mulklari bloklanadi.