AQŞ moliya vazirligi rossiyalik milliarder Alişer Usmonovga tegişli kompaniyalarni sanksiyalar röyxatidan çiqardi, deb xabar berdi “Forbs”.
Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi (OFAC) direktori Andrea Gaki imzolagan hujjatga köra, hattoki 50 foizdan ortiq uluşi Usmonovga tegişli bölgan kompaniyalarga ham sanksiyalar qöllanmaydi.
Office of Foreign Assets Control — AQŞ moliya vazirligining xorijliklar va xorij kompaniyalariga qarşi sanksiyalarni nazorat qiladigan bölinmasi.
Hujjatda aytilişiça, Usmonov OFAC çeklov kiritgan şaxslar röyxatida yöq, AQŞdagi uning iştirokidagi mulk va yuridik şaxslar uluşlari çeklovlardan çiqariladi, ularga öz hisoblaridan mablağ yeçişga ruxsat beriladi.
Bu istisno Usmonovning ilgari u yoki bu sabab bilan çeklovlar kiritilgan aktivlari yoki kompaniyalarining moliyaviy operatsiyalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Avvalroq Oq uy “Transneft” rahbari Nikolay Tokarev, “Rostex” rahbari Sergey Çemezov va VEB.RF raisi Igor Şuvalov, milliarderlar Alişer Usmonov, Arkadiy va Boris Rotenberg, biznesmen Yevgeniy Prigojin va Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga nisbatan sanksiyalar kiritgani xabar qilingandi.













