Markaziy Osiyo, xususan Qozoğiston, Özbekiston, Qirğiziston energiya tizimlari operatorlari vakillaridan iborat «Energiya» muvofiqlaştiruvçi dispetçerlik markazining maxsus komissiyasi 2022 yil 25 yanvarda sodir bölgan avariyani tekşirişni yakunladi.

Komissiya avariyaga Özbekiston elektr ta’minotida yuz bergan uziliş sabab bölganini aniqladi – «şu kuni soat 10:59 da Sirdaryo IES va 500 kV «Toşkent» nimstansiyasini (Özbekiston) boğlovçi yuqori voltli havo elektr uzatiş liniyasining 500 kV elektr tarmoği çiziqli ajratkiçida qisqa tutaşuv sodir bölgan».

Keyinçalik 1- va 2- 500 kV şina tizimlari differensial himoyasining haddan taşqari köp işlaşi Sirdaryo IESda işlab çiqarişning sezilarli darajada qisqarişiga, stansiyaga tutaş elektr tarmoğida bir neça marta uzilişlarga va şimolda 2100 MVt quvvatga kötarilişiga olib kelgani aytiladi. 

Qayd etilişiça, «KEGOC» AJ elektr tarmoqlari va Qozoğiston janubidagi elektr stansiyalarining avariya avtomatlari tizimdagi avariya holatida energiya tizimini ajratiş talablarini inobatga olgan holda normal rejimda işlagan. Buning oqibatida Qozoğiston janubiy zonasidagi iste’molçilarning töliq öçirilişi oldi olingan, mamlakat janubidagi iste’molçilarning qariyb 60 foizi elektr energiyasi bilan ta’minlangan. 

Öz navbatida, «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ matbuot xizmati rahbari Muhammad Bekmuhammedovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça Özbekiston tomonining hukumat komissiyasi xulosasi e’lon qilinganiça yöq. 

«Bu Qozoğiston tomonining pozitsiyasi hisoblanadi», dedi u.

Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Elmira Bekmurodova bu böyiça hozirça ma’lumot berilmasligini bildirdi.

Joriy yilning 28 yanvar kuni Qozoğiston blekaut Sirdaryo IES tufayli röy berganini bildirgandi, Özbekiston esa örganiş natijalarini kutişga çaqirgandi.