Sönggi yillarda sodir bölayotgan iqlim özgarişlari tufayli Özbekiston hududida hatto qiş faslida ham qor yoğişi kamyob hodisa bölib qoldi. Endi oldingiday tizza böyi qorlar yöq, yoğingarçilik yildan yilga kamayib boryapti. Ana şunday holatda ozgina yoğgan qor ham barçaning dilini quvnatişi bor gap.
Keça tunda yoğa boşlagan qor tonggaça Samarqand şahrining körinişini özgartirib yubordi. Bir kun avval bahor nafasi kezib turgan şaharda bugun qiş hukmronlik qilayotganga öxşaydi. Kun.uz muxbiri qorli Samarqandni kadrlarga muhrladi.



















Eslatib ötamiz, «Özgidromet» 17-20 mart kunlari oraliğida Özbekistonga sovuq havo massalari kirib kelişi va aksariyat joylarda qor yoğişi haqida xabar bergandi.
Suratlar muallifi – Ğayrat Yöldoş











