Samarqand şahridagi «GOLDEN KIDS» xususiy bolalar boğçasida kuzatilgan noxuş holat – tarbiyaçi yordamçisining bolalarni uxlatişda igna sançib qörqitgani haqida xabar tarqaldi. Tarbiyaçiga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilayotgani xabar berildi.

Kun.uz muxbiri mazkur boğçada bölib, holat böyiça taşkilot rahbari hamda ota-onalar munosabati bilan qiziqdi.

Ma’lum bölişiça, boğça mudirasi Feruza Yusupova muassasaga örnatilgan kuzatuv kamerasiga yozib olingan video tarqatilişiga özi rozilik bildirgan, ota-onalarga ham tasvirga olişga ruxsat berilgan.

Feruza Yusupova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda tarbiyaçilarni tanlab olişda avvalo ularning oilaviy şaroiti bilan qiziqişini aytib ötdi. Uning sözlariga köra, işga olinadigan xodimlarning nafaqat ma’lumoti, tajribasi, balki özining farzandi bor-yöqligiga ham qiziqiş bildiriladi.

«Çunki bolaga oilasida mehr körsata olgan inson birovning farzandiga ham mehr körsata oladi.

Oçiği, muassasamizning obrösiga putur yetkazgan bölsa ham oqni oq, qorani qorani deyişni istayman. Bu tarbiyaçi xuşmuomala, bolalar bilan yaxşi til topişadigan kadr edi. Şu vaqtgaça biror marta nojöya harakatini sezmaganman. Tarbiyaçimizning oila a’zolarini ham yaxşi taniyman.

Biroq 18 mart kuni tarbiyalanuvçimizning ota-onasi kelib, e’tiroz bildirdi. Ularning aytişiça, tarbiyaçi bolalarini igna bilan qörqitib, uxlatgan ekan. Bola yolğon gapirmaydi, ammo xodimlarimiz ham bunaqa qilişiga işonmadim. Har bir xonada kamera borligi va asl holat uning xotirasida saqlanib qolişini tuşuntirdim. Şundan keyin kamera yozuvlarini közdan keçirdik va şu holatga guvoh böldik. Voqea 16 mart kuni sodir bölgan ekan. Öşa zahoti içki işlar xodimlarini çaqirdik va vaziyatni yaşirib ötirmaslikka qaror qildim. Tarbiyaçi öşa kuni qölida igna emas, tiş tozalagiç bölganini aytdi», deydi Feruza Yusupova.