Videoda tarbiyaçining bolalarni uxlatiş uçun ularga igna sançib çiqayotgani aks etgan. Holat kuzatuv kameralariga yozib olingan.
Viloyat Içki işlar boşqarmasi ma’lumotiga köra, voqea Samarqand şahridagi “Golden kids” xususiy bolalar boğçasida röy bergan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilganda, tarbiyaçining Pastdarğom tumani “Çortut” MFYda yaşovçi, 1992 yilda tuğilgan ayol ekani aniqlangan.
“Tarbiyaçining u yerda tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etgan harakatlari yuzasidan Samarqand şahri böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan JKning 110-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deyilgan viloyat IIB xabarida.












