Bu borada 28 mart kuni Özbekiston Ekologiya qömitasi va Megawatt Motors kompaniyasi örtasida memorandum imzolandi. Loyiha davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşirilişi közda tutilmoqda.
Ekologiya qömitasi xabarida, qömita Özbekiston davlat organlari orasida birinçilardan bölib öz avtoparkini bosqiçma-bosqiç elektromobillarga ötkazişni boşlagani ta’kidlangan.
Spot ma’lumotiga köra, Megawatt Motors elektromobillar uçun quvvatlagiçlar örnatiş rejalarini 2020 yildayoq e’lon qilgan edi. Kompaniya vakilining naşrga ma’lum qilişiça, birinçi bosqiçda 10ta zaryadlaş stansiyasi taşkil etilgan. Ikkinçi bosqiçda yana 68ta stansiya taşkil etiladi, ulardan 56tasining quvvati 60 kVt, 12tasida 100 kVt böladi.
Kompaniya rejalariga köra, stansiyalar butun Özbekiston böylab – “har 100 km masofada” örnatiladi. Loyihaning hisoblangan qiymati 500 ming dollar bölib, uni kompaniya tölaligiça öz hisobidan moliyalaştiradi.
Plugshare xaritasiga köra, hozir Özbekistonda 42ta zaryadlaş stansiyasi bor. Ulardan 22tasi poytaxt Toşkentda, 4tasi Toşkent viloyatida joylaşgan; şuningdek, Samarqand, Qarşi, Namangan, Qöqon, Farğona va Navoiy viloyatlarida ham elektromobillarni quvvatlaş stansiyalari bor.
Özbekistonda zaryadlaş stansiyalari örnatiş bilan Makro va TokBor brendlari ham şuğullanib kelmoqda.
Davlat statistika qömitasidan ma’lum qilişlariça, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida Özbekistonga 228ta elektromobil import qilingan. Bu – ötgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 3 barobarga köp.
Elektromobillarning deyarli barçasi Xitoydan import qilinmoqda. 228 dona mahsulotning umumiy qiymati 5,9 mln dollarni taşkil etgan.
Avvalroq Iqtisodiyot vazirligi elektromobillarni ommalaştiriş böyiça keng qamrovli prezident qarori loyihasini e’lon qilgan edi.
Elektromobillarga imtiyozlar, benzin va gazda yuradiganlarga esa yangi soliqlarmi?












