Jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan prezident qarori loyihasiga köra, 2025 yilgaça budjet taşkilotlari hamda ustav kapitalida davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan korxonalar xizmat maşinalarining kamida 10 foizini, 2030 yilgaça esa töliq elektromobillarga almaştiriş közda tutilmoqda.
«Elektromobillar işlab çiqariş va ulardan foydalanişni taşkil etişni qöllab-quvvatlaş çoralari töğrisida»gi prezident qaroriga köra, 2022 yildan boşlab davlat taşkilotlari tomonidan xarid qilinadigan transport vositalarining kamida 20 foizi elektromobillar bölişi talab etiladi.
Bundan taşqari qaror loyihasida vazirliklar, idoralar, budjet taşkilotlari, xöjalik birlaşmalari, mahalliy hokimiyat organlari hamda ustav kapitalida davlat uluşi 50 foizdan ortiq bölgan korxonalar elektrobuslarni mahalliy işlab çiqaruvçi va servis xizmatiga ega korxonalardan xarid qilişi belgilangan.
Mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan elektromobillar, gibrid avtomobillar va elektrobuslarni loyihalaştiriş, sinaş hamda işlab çiqarişni yölga qöyiş maqsadida dastlabki namuna sifatidagi avtomobillar, butlovçi qism va xomaşyo materiallari, şu jumladan, texnologik uskuna va jihozlarni (20 dona yoki maşina-töplamlar) xarid qilişda potensial hamkor korxonalar bilan töğridan töğri şartnoma tuzişga rozilik beriladi.
Hujjat loyihasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi tomonidan işlab çiqilgan bölib, unda elektromobillarni respublika hududida işlab çiqarişni yölga qöyiş va 2030 yilga borib respublikada sotilayotgan avtotransport vositalarining kamida 15 foizini elektromobillar taşkil etişiga erişiş maqsad qilingan.
Qarorga köra, M1, M2, M3, N1, N2, N3 kategoriyadagi elektromobillar va elektrobuslarni xarid qiliş va ulardan foydalanişni rağbatlantiriş maqsadida 2022 yil 1 apreldan 2030 yil 31 aprelgaça qadar:
- quvvatlantiriş stansiyalari hamda ularning har biri atrofida kamida ikkita elektromobil uçun töxtaş joyi joylaşgan yer uçastkalari yer soliği tölaşdan ozod etiladi;
- yuridik şaxslarning mijozlarni jalb qiliş uçun quvvatlantiriş stansiyalarni taşkil etiş bilan boğliq xarajatlari daromad soliğini hisoblaşda çegirib taşlanadigan xarajatlar hisoblanadi. Bunda, uşbu çegiriladigan xarajatlar soliq solinadigan bazaning 2 foizidan oşmasligi lozim;
- elektromobillarni respublika hududiga olib kirişda ular bojxona bojidan ozod qilinadi hamda işlab çiqarilgan sanasi bir yildan oşmagan elektr dvigatelda harakatlanuvçi avtomototransport vositalarini «erkin muomalaga çiqariş» (import) bojxona rejimida rasmiylaştiradigan jismoniy va yuridik şaxslar 2027 yil 1 yanvarga qadar utilizatsiya yiğimi tölaşdan ozod etiladi;











