Rossiya hukumati tomonidan şakar eksporti uçun joriy qilingan çeklovlar va çakana savdo tarmoğida kutilayotgan uzilişlar fonida Özbekiston içki bozorida ham şakar mahsulotiga sun’iy talab bosimi oşgan. Natijada 15-17 mart kunlari ötkazilgan birja savdolarida mahsulot narxining vaqtinçalik qimmatlaşişi kuzatilgan. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
“Şuni alohida qayd etiş lozimki, içki bozorda şakarga bölgan yillik ehtiyoj örtaça 600 ming tonnani taşkil etib, respublikada yillik umumiy işlab çiqariş quvvati 750 ming tonnaga teng bölgan şakar işlab çiqaruvçi “Xorazm şakar” MÇJ (360 ming tonna) va “Angren şakar” MÇJ (390 ming tonna) korxonalari faoliyat körsatmoqda.
Mahalliy korxonalarning mavjud işlab çiqariş quvvatlari içki iste’mol bozorini şakar mahsuloti bilan töliq va kafolatli ta’minlaş imkonini beradi.
Şuningdek, narx oşişi şaroitida şakar narxi barqarorligini ta’minlaş maqsadida mahalliy şakar işlab çiqaruvçi korxonalar tomonidan birja savdolariga qöyiladigan kunlik şakar hajmini joriy yil mart oyi boşidagi 1 440 tonnadan 2 200 tonna yoki 50 foizgaça oşiriş böyiça kelişib olindi.
Bundan taşqari, birja savdolaridagi spekulyativ holatlarning oldini oliş böyiça aniq çoralar belgilandi. Xususan, şakar mahsuloti böyiça savdolarni bir savdo sessiyasida taşkil etiş hamda yutib olingan tiket böyiça bitimlarning keyinçalik bekor qilinişi oldini oliş maqsadida avans tölovlari miqdori amaldagi 2 foizdan 10 foizgaça oşirildi.
Bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qiliş mumkin bölgan miqdor 20 tonna etib belgilandi (oldin 40 tonna bölgan).
Natijada 30 mart kuni ötkazilgan birja savdolarida şakar narxi joriy yil 17 martga nisbatan 25 foizga pasaydi”, – deyiladi vazirlik axborotida.
Qayd etilişiça, 2021 yilda respublikaga aholi va işlab çiqaruvçilar ehtiyojini 110 foiz darajasida qoplaş imkonini beradigan (96 foizdan ortiq qismi Braziliyadan, 1 foizi Rossiyadan) şakar va şakar xomaşyosi import qilingan.
Şuningdek, joriy yil boşidan bugungi kunga qadar amalga oşirilgan şakar mahsulotlari importi hajmi ötgan yilning mos davriga nisbatan 10 foizga yuqori.
“Mahalliy işlab çiqaruvçi korxonalar tomonidan xalqaro xorijiy treyderlar bilan imzolangan şartnomalarga asosan, 2022 yil yakuniga qadar şakar xomaşyosini yetkazib beriş közda tutilgan bölib, bu jarayon suğurtalangan.
Taşqi bozorlardagi özgaruvçan vaziyatni inobatga olgan holda şakar xomaşyosini uzluksiz yetkazib berişning bir neçta yönalişlari işlab çiqilgan va sinovdan ötgan”, deya ma’lum qildi Iqtisodiyot vazirligi.
Şakar narxi mavzusiga bugun, 31 mart kuni bölib ötgan yiğilişda prezident Şavkat Mirziyoyev ham e’tibor qaratdi.
“Ayrim hududlarda şakar narxi asossiz oşgan. Ayniqsa Jizzax, Samarqand viloyatlari va Toşkent şahrida mavjud zaxiralar öz vaqtida tarqatilmagani sababli, şakar narxi keskin oşgan. Savol tuğiladi.
Uşbu hududlarning hokimlari va prokurorlari qayoqqa qaragan?” dedi u.
Prezident topşiriğiga binoan, uç kun muddatda şakar, un, yoğ, göşt, çoy, bolalar ovqatlari, sut mahsulotlari kabi oziq-ovqat mahsulotlari importiga aksiz soliği va bojxona bojlarini qayta körib çiqilişi kutilmoqda.
Şavkat Mirziyoyev oziq-ovqat va xomaşyoning birja savdolariga töliq qöyilişi ustidan kunlik nazorat örnatiş, sun’iy ravişda narx oşişining oldini oliş böyiça tezkor çoralarni körib borişni ham buyurdi.












