Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazgan.

2022 yil 30 mart holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

  • suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 45 000 – 70 000 so‘m;
  • qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 55 000 – 80000 so‘m;
  • kartoshka (1 kg) ➖ 2 500 – 8000 so‘m;
  • piyoz (1 kg) ➖ 2000 – 5000 so‘m;
  • sabzi (1 kg) ➖ 1500 – 5000 so‘m;
  • tuxum (10 dona) ➖ 6000 – 15000 so‘m;
  • guruch (1 kg) ➖ 5000 – 20 000 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 14 000 – 25000 so‘m;
  • shakar (1 kg) ➖ 8500 – 14 000 so‘m.

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Bundan oldin bozorlarda go‘sht, piyoz va shakar narxi oshgandi.