«Men Serbiyada heç kim qila olmagan işni qilişga muvaffaq böldim. Men birinçi turda ikki marta ğalaba qozongan yagona odamman», - deya siyosatçidan iqtibos keltirgan TASS.
Uning aniqlik kiritişiça, 2 million 245 mingga yaqin ovoz olgan. Vuçiçning sözlariga köra, gap saylov uçastkalarining 85 foizidan olingan ma’lumotlar haqida ketmoqda.
3 aprel kuni Serbiyada prezidentlik saylovlari, parlamentga muddatidan oldin saylovlar va mahalliy özini özi boşqariş organlariga, jumladan Belgrad böyiça saylovlar bölib ötdi. 6,5 milliondan ortiq fuqaro saylovda iştirok etiş huquqiga ega böldi.
Bundan oldin Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç mamlakat Ukrainadagi vaziyat tufayli şoşilinç ravişda oziq-ovqat mahsulotlari va neft mahsulotlari sotib olayotganini ma’lum qilgandi.












