Rasmiy xabarda aytilişiça, Yangi Özbekiston köçasi poytaxtning muhim yöllaridan biriga aylanib bormoqda. Oxirgi yillarda u yerda yangi boğ, köprik, universitet barpo etildi. 

Ma’lum qilinişiça, endi bu köça böyida 610 gektar maydonda uy-joylar, mehmonxonalar, kinoteatr, restoranlardan iborat zamonaviy majmualar quriş rejalaştirilgan.

Davlat rahbari avvalo mazkur loyiha maketini közdan keçirdi.

Loyihaga asosan, binolar tört qavatli, tört xil dizaynda böladi. Birinçi qavatda savdo va xizmat körsatiş muassasalari faoliyat yuritadi. Yuqori qavatlarda xonadonlar yoki mehmonxonalar böladi. Köça böyida piyoda va velosiped yölaklari, yerosti va yerusti yöllari barpo etiladi.

Prezident loyihani ma’qullab, uylarni energiyatejamkor qilib quriş, issiq va sovuqda mö’tadil bölişini ta’minlaş böyiça tavsiyalar berdi. Iş örinlarini köpaytirişga alohida e’tibor qaratiş zarurligi ta’kidlandi.

- Eng muhimi - xalqimizga munosib yaşaş şaroiti va iş örinlari yaratiş, - dedi davlat rahbari.

Hisob-kitoblarga köra, binolarda 1 million 700 ming kvadrat metr savdo va xizmat körsatiş maydoni böladi. Buning negizida 14 mingdan ortiq iş örni taşkil etiladi.