Joriy yilning 23 mart kuni Toşkent şahar Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini boğlovçi yangi qurilayotgan köprik hududida jamoat tartibini saqlaşga mas’ul Milliy gvardiya xodimlari xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda, soat 16:00 lar atrofida köprik tagidagi kiçik halqa yölida Spark va Lacetti rusumli avtomaşinalari haydovçilari örtasida yöl talaşiş oqibatida kelişmovçilik yuzaga kelib, janjallaşayotganini körib qolgan.

Milliy gvardiya xodimlari PPXga xabar qilgan holda voqea joyiga yetib borib fuqarolarni tinçlantiriş çoralarini körgan. Şu paytda PPX xodimlarini uzoqdan kelayotganini körgan Spark rusumli avtomaşina haydovçisi maşinasining old qismidan öziga tegişli bölgan buyumlarni olib orqa yuk xonasiga joylaştirgan holda voqea joyidan ketişga va yaşirinişga uringan.

Çaqiruvga asosan yetib kelgan PPX va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan uşbu avtomaşina töxtatilib közdan keçirilganda, avtomaşina orqa örindiğidan qora paketga öralgan 10 dona “Zardex” hamda 10 ta qutida “Regapen”, jami 154 dona oq va qizil rangli psixotrop moddalari mavjudligi aniqlangan.

Yakkasaroy tumani IIO xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki suriştiruv işlari davomida Spark rusumli avtomaşina haydovçisi fuqaro X.O. ekani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari davom ettirilmoqda.