"Pokiston musulmonlari ligasi" partiyasi yetakçisi Şahboz Şarif Pokistonning 23-boş vaziri etib saylandi.
Parlament quyi palatasida ötkazilgan ovoz beriş jarayonida Şarif 174ta ovoz oldi.
Uç marta Pokiston boş vaziri etib saylangan Navoz Şarifning 70 yoşli ukasi Şahboz Şarif nomzodi yakşanba kuni muxolif partiyalar vakillari tomonidan boş vazirlikka ilgari surilgandi.
Yakşanba kuni Pokiston parlamenti boş vazir Imron Xonga işonçsizlik votumi e’lon qilgan va uni lavozimidan çetlatgandi.












