Özbekiston Musulmonlari idorasining ma’lum qilişiça, «Haj-2022» mavsumida iştirok etişi mumkin bölgan yoş çegarasi 65 yoşgaça etib belgilandi.
«Şuningdek, barça ziyoratçilar podşohlik Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan röyxatdan ötgan va Jahon soğliqni saqlaş taşkilotida tasdiqlangan Pfizer/BioNTech (AQŞ-Xitoy), Oxford-AstraZeneca (Buyuk Britaniya-Şvetsiya), Moderna (AQŞ) va Johnson & Johnson (AQŞ) vaksinalarining 2 dozasini qabul qilgan bölişi zarur.
Xorijlik hojilar Saudiya Arabistoniga kirişdan 72 soat oldin koronavirus taşxisi haqida manfiy natijali PsR ma’lumotnomasini taqdim etişi lozim.
Podşohlik Haj va umra vazirligi hojilarning ibodat amallarini bajariş davomida öz soğliqlarini saqlaş uçun ehtiyotkorlik şartlari va qoidalariga töliq amal qilişlari zaruratini qat’iy talab qilmoqda», deyiladi idora bayonotida.
Ma’lum qilinişiça, mazkur masala «Haj» va «Umra» tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş masalalari böyiça Jamoatçilik Kengaşi hamda Özbekistonning Jidda şahridagi Boş konsulligi «Haj» va «Umra» masalalari böyiça attaşesi bilan hamkorlikda muvofiqlaştirilmoqda.
Idora xabarida Haj mavsumi uçun tölovlar böyiça ma’lumot berilmagan.
Eslatib ötamiz, 2017 yildan Özbekiston fuqarolari uçun haj kvotasi 5200 dan 7200 nafargaça oşirilgan edi.
Haj mavsumi joriy yil taxminan iyul oyining boşlariga töğri kelişi kutilmoqda. Musulmonlar idorasi avvalroq, Ramazon oyida umra ziyorati uçun tölovlar oşirilişi hamda Umra safarini sayyohlik firmalari orqali ham qisman taşkil etiş masalasi körib çiqilayotganini ma’lum qilgandi.












