Özbekiston Musulmonlari idorasining ma’lum qilişiça, joriy yil 22 yanvardan 17 martgaça bölgan davrda 21 mingdan ortiq özbekistonlik ziyoratçilar Saudiya Arabistoniga jönatilib, ulardan 16 ming nafardan ziyodi umra amallarini töliq ado etib qaytgan. Hozirda 5 ming 600 nafarga yaqin ziyoratçi Saudiya Arabistonida Umra ziyoratlarini amalga oşirmoqda.

Bugunki kunga kelib, Saudiya Arabistonida COVID-19 pandemiyasi bilan boğliq örnatilgan karantin talablari yumşatilib, podşohlikka PZR test javobisiz kiriş hamda oraliq masofani saqlaş tartibi bekor qilingan. Şuningdek, 5 martdan özbekistonlik ziyoratçilardan ham PZR testi talab etilmaydigan böldi.

Şuningdek, diniy idora yirik musulmon davlatlariga ham umra qiliş uçun ruxsat berilişi Saudiyadagi xizmatlar narxining oşişiga sabab bölişini ma’lum qilgan.

«Şuningdek, Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan barça davlatlar, xususan, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Eron va Misr kabi yirik musulmon mamlakatlariga Umra ziyoratini taşkil etişga ruxsat berildi.

Bu – öz navbatida, hozirgi kunda Saudiya Arabistonida mehmonxona va boşqa turdagi servislarga talab oşişiga, xususan, Ramazon oyida taşkil etiladigan Umra tadbirlarining narx-navosiga ham ta’sir körsatişiga sabab böladi», – deyiladi idora xabarida.

Musulmonlar idorasi axborotida özbekistonlik ziyoratçilar uçun ham narx-navo oşişi yoki oşmasligi borasida ma’lumot yöq.

Kun.uz bilan gaplaşgan Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot kotibining ma’lum qilişiça, ayni vaqtda Umra-2020 mavsumida pandemiya tufayli qolib ketgan 23 mingga yaqin fuqarolar ziyoratni amalga oşirmoqda. Eski mavsumda navbati qolib ketgan fuqarolar ziyoratlarini yakunlagaç bu mavsumdagi ziyoratçilar bilan boşqa şartnoma tuziladi.

«Saudiyada narx-navoning oşişi munosabati bilan yangi ziyoratçilar bilan tuziladigan şartnoma narxi ham özgaradi. Buning qança bölişi haqida aniq bir nima deyolmaymiz, bu bizni [Musulmonlar idorasi] hamkor şirkat bilan tuziladigan şartnomasi, kelişuviga boğliq», – dedi Kun.uz bilan suhbatda idora matbuot kotibi.