Ma’lum qilinişiça, bugun, 20 mart kuni, «Umra-2020» mavsumida safar xarajatlarini töliq amalga oşirgan, lekin «COVID-19» pandemiyasi sababli ziyoratga bora olmagan özbekistonlik ziyoratçilarning sönggi guruhlari Saudiya Arabistoniga jönab ketadi. Şu bilan, pandemiyasi sababli ziyoratga bora olmay qolgan 23 ming fuqarolarning Umra safariga yuboriş işlari töliq yakunlanadi.

Şu bilan birga Ramazon oyida taşkil qilinadigan Umra uçun narxlar borasida ham izoh berildi.

«Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan hamkor şirkat vakillari bilan Ramazon oyida taşkil etiladigan Umra ziyorati yuzasidan muzokaralar olib borildi va belgilanadigan narx böyiça özaro kelişuvga erişildi.

Ta’kidlaş zarurki, Ramazon oyida Saudiya Arabistonidagi mavjud şaroitdan kelib çiqib, xizmat körsatiş narxlari oşayotgan bölsa-da, sa’y-harakatlar natijasida Şavvol oyida (Ramazon oyidan keyin) Umra mavsumining oxirigaça ziyoratçilarning safar xarajatlari uçun amaldagi mavjud qiymat saqlab qolinadi» - deyiladi bayonotda.

Ayni vaqtda özbekistonliklar taxminan 17,8 million atrofida tölov qilib ziyoratga ketmoqda. Umra safari uçun tölov miqdori böyiça rasmiy ma’lumot berilmagan.

Avvalroq, Musulmonlar idorasi Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan barça yirik musulmon mamlakatlarga Umra ziyoratini taşkil etişga ruxsat berilişi ortidan podşohlikdagi barça servislarga talab oşgani - özbekistonlik ziyoratçilar uçun ramazon oyida taşkil etiladigan Umra tadbirlari narx-navosiga ham ta’sir körsatişini bildirgan edi.

Eslatib ötamiz, joriy yil yanvar oyida 2020 yil tölov qilib, qolib ketgan ziyoratçilar qöşimça 4,7 million söm tölov qilişiga töğri kelgan edi. Musulmonlar idorasi öşanda umra ziyoratçilari uçun tölov miqdori oşirilganiga pandemiya talablari, Saudiya Arabistonida 15 foizlik QQSning joriy qilinişi hamda narx-navo kötarilganligini sabab qilib körsatgan