Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Mirişkor tumani 17-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotida majburiy mehnatga yöl qöyilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bandlik va mehnat vazirligi axborot xizmati xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan Qaşqadaryo viloyati Bandlik boş boşqarmasining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Mirişkor tumanida joylaşgan boğçadagi holat örganilgan.
Örganişda Mirişkor tuman 17-sonli DMTT direktori muassasaning tarbiyaçi va boşqa xodimlarini iş vaqtida gul ekişga çiqarib, ulardan mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan işlarni bajarişni talab qilgani öz tasdiğini topgan.
Şu sababli DMTT direktoriga Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan jarima jazosi qöllangan.
Avvalroq Qarşi tumani tibbiyot birlaşmasi xodimlari tunda majburiy mehnatga jalb qilingandi.











