Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda tibbiyot xodimlari tunda ko‘cha tozalashga majburlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida tibbiyot xodimlari tunda ko‘cha tozalashga majburlangani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda ma’lum qilinishicha, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tunda majburiy mehnatga jalb qilingani haqidagi xabar o‘rganilgan.
O‘rganish davomida Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i qo‘l ostidagi xodimlarni atrofni tozalash ishlariga majbur qilgani holati aniqlangan.
Shu sababli Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan jarimaga tortilgan.
Avvalroq Nukusda hamshiralar uylarni oqlashga jalb qilingandi. Yakkabog‘ tumanida tibbiyot xodimlari tug‘uruqxona hovlisini tozalashga majburlangandi.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:51 / 12.06.2026
Xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilgan Qarshi hokimi o‘rinbosari jazolandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026