Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bilan munosabatlarni yaxşilaş uçun Boku ilgari surgan beş tamoyilning Yerevan tomonidan qabul qilinişini buriliş nuqtasi deb atadi.
"Umuman olganda, Bryusseldagi uçraşuv natijalarini ijobiy deb baholayman. Bu haqda 12 aprel kuni jamoatçilikka ma’lum qilgandim. Ertasiga Armaniston boş vaziri ham Armaniston Ozarboyjon ilgari surgan beş tamoyilni qabul qilgani haqida oçiq gapirdi. Darhaqiqat, bu jarayondagi yana bir buriliş oni hisoblanadi", - dedi Aliyev.
Uning sözlariga köra, endi har ikki tomonning rasmiy bayonotlaridan söng Boku va Yerevan öz sa’y-harakatlari jiddiyligini isbotlaşi lozim.
Ozarboyjon rahbari mamlakat çegara komissiyalari va tinçlik kelişuvi böyiça işçi guruhlar tuziş ustida iş boşlaşga tayyorligini ta’kidladi.
"Bu jarayonni davom ettirişimiz va har ikki tomon kelişuvga rioya qilişi muhim", - dedi Aliyev.
Ilhom Aliyev va Nikol Paşinyan 6 aprel kuni Bryusselda muzokaralar ötkazdi. Yevropa kengaşi raisi Şarl Mişel Boku va Yerevan ikki mamlakat örtasida tinçlik şartnomasi tayyorlaşga kelişib olganini ma’lum qildi.












