Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa kengashi Boku va Yerevan tinchlik shartnomasi tayyorlayotganini ma’lum qildi
6 aprel kuni Bryusselda Armaniston va Ozarboyjon yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: Anadolu Agency
Boku va Yerevan ikki mamlakat o‘rtasida tinchlik shartnomasi tayyorlashga kelishib oldi. Bu haqda Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel ma’lum qildi.
Uning bayonotida aytilishicha, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan "tezroq tinchlik kelishuviga erishish niyatini bildirdi" va tashqi ishlar vazirlariga shartnomani tayyorlash topshirig‘ini berishga kelishib oldi.
6 aprel kuni Bryusselda ikki mamlakat yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Aliyev va Pashinyan Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi kommunikatsiya infratuzilmasini tiklash masalasini ham muhokama qildi.
"Prezident Mishel temiryo‘llarni tiklash bo‘yicha qadamlarni olqishladi hamda Armaniston va Ozarboyjonni avtomobil yo‘llarini ham tiklash bo‘yicha samarali yechim topishga chaqirdi", - deyiladi Yevropa kengashi prezidenti bayonotida.
Mavzuga oid
23:34 / 18.02.2026
Ozarboyjon elchixonasiga zarbalar tasodifmi?
18:47 / 17.02.2026
Tog‘li Qorabog‘ning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan 20 yilga qamaldi
14:42 / 17.02.2026
Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
14:05 / 12.02.2026