Pokiston hukumati sobiq boş vazir Imron Xon va uning vazirlariga mamlakatni tark etişni taqiqladi.  

APP agentligining xabar berişiça, sobiq boş vazir va avvalgi hukumat vakillari "korrupsion yöl bilan topilgan pullarini olib çet elda yaşirinişlari" ehtimoli sababli uşbu taqiq joriy etilgan. 

Yangi hukumatning birinçi yiğilişida boş vazir Şahboz Şarif iqtisodiy muammolar, inflatsiyaning ösişi, işsizlik va aholining qaşşoqlaşişida Imron Xon mahkamasini ayblagandi. 

Şarifning sözlariga köra, Pokistondagi hozirgi iqtisodiy holat ulkan xavotir uyğotadi, ammo yangi hukumat vaziyatni tubdan yaxşilaşga tayyor. 

11 aprel kuni "Pokiston musulmonlari ligasi" partiyasi yetakçisi Şahboz Şarif mamlakatning 23-boş vaziri etib saylangandi. 

Pokiston parlamenti 10 aprel kuni boş vazir Imron Xonga işonçsizlik votumi e’lon qilgan va uni lavozimidan çetlatgandi.